O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan madaniyat va turizm vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi, deya xabar bermoqda prezident Adminstratsiyasiga yaqin «Nigoh» Telegram kanali.

Xususan, Baxodir Axmedov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungacha sobiq madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

madaniyat va turizm vazirligi, тайинлов
Baxodir Axmedov / Foto: Madaniyat va turizm vazirligi

Bahodir Ahmedov (1973 yilda tug‘ilgan) turli yillarda «O‘zbeknavo» estrada birlashmasi bosh direktori, madaniyat va sport vaziri, Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020 yilning yozida O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasiga rais etib saylangan edi.

madaniyat va turizm vazirligi, тайинлов

Murodjon Majidov / Foto: Madaniyat va turizm vazirligi

Murodjon Madjidov madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bungcha 2022 yilning mart oyidan sobiq madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Undan avval Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Firdavs Abduxoliqov madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. U 2021 yil may oyidan agentligining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan.

madaniyat va turizm vazirligi, тайинлов

Shuningdek, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi, Butunjahon O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.

Rustambek Kurbanov madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. U bu lavozimga 2018 yilning mart oyida tayinlangandi.

madaniyat va turizm vazirligi, тайинлов

Bundan tashqari, Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev, Botirjon Shaxriyorov va Umidjon Qo‘qonboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.