Shavkat Mirziyoyev 2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etiladigan vazirliklar rahbarlarini tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Ularning ro‘yxatini prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov e’lon qildi.
Hukumatning yangi tarkibi
- Achilbay Jumaniyazovich Ramatov bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga;
- Jamshid Abduxakimovich Xo‘jayev bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga;
- Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova bosh vaziri o‘rinbosari lavozimiga;
- Sherzod Davlyatovich Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
- Laziz Shavkatovich Kudratov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
- Bobir Farxadovich Islamov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
- Batir Irkinovich Zakirov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;
- Bexzod Anvarovich Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
- Ibroxim Yulchiyevich Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
- Xilola Uktamovna Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga;
- Aziz Abdukaxarovich Abduxakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
- Adxam Ilxamovich Ikramov yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
- Sherzod Xotamovich Shermatov raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
- Ozodbek Axmadovich Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
- Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimiga;
- Amrillo Shodiyevich Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Shuningdek, prezident qarori bilan:
- Shaxrux Shaturgunovich Sharaxmetov Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
- Sodiq Donaqulovich Toshboyev Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi lavozimiga;
- Baxodir Abdusalomovich Begalov Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga;
- Abdushukur Abdujamilevich Sadikov Milliy antidoping agentligi direktori lavozimiga;
- Olim Xayrullayevich Narzullayev Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi direktori lavozimiga;
- Akmalxuja Yusupovich Mavlonov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga;
- Baxromjon Turayevich Norqobilov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga;
- Nizomidin Jalilovich Bakirov Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori lavozimiga;
- Baxtiyor Vaxabovich Gulyamov Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.