Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari etib Saydullayev Nodirbek Narzullayevich tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Nodirbek Saydullayev 1982 yilda tug‘ilgan, 2006 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Bank sohasida 2003 yildan buyon ishlab kelmoqda.

Bunga qadar u 2019 yildan buyon Asaka bank boshqaruv raisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Shuningdek, Milliy bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat olib borgan.

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida u sentabr oyida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangan Botir Zohidovning o‘rnini egalladi.