«tayinlov» tegli maqolalar


Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
12 sentabr 2023, 14:43

Sog‘liqni saqlash vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Farrux Sharipov, Farxodjon Tashpulatov va Olim Omonov sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi
28 avgust 2023, 20:45

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBBga qaytdi

Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi
25 avgust 2023, 15:45

Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Saida Mirziyoyeva prezident yordamchisi etib tayinlandi. Prezident administratsiyasida, shuningdek, boshqa tayinlovlar ham amalga oshirildi.

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi
20 avgust 2023, 12:01

Uzbekistan Airways kompaniyasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi
19 avgust 2023, 09:43

Qamashi tumaniga hokim tayinlandi

“Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ direktori lavozimida ishlab kelgan Xurshid Usmonov Qamashi tumani hokimi etib tayinlandi.

Muzaffar Rashidov Qibray tumaniga hokim bo‘ldi
18 avgust 2023, 08:28

Muzaffar Rashidov Qibray tumaniga hokim bo‘ldi

Ohangaron tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Muzaffar Rashidov Toshkent viloyati Qibray tumani hokimi etib tayinlandi.

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
17 avgust 2023, 16:16

Energetika vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Umid Mamadaminov O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari bo‘ldi.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
16 avgust 2023, 17:17

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.

Isroil Jabborov Payariq tumaniga hokim bo‘ldi
16 avgust 2023, 15:12

Isroil Jabborov Payariq tumaniga hokim bo‘ldi

Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Isroil Jabborov Payariq tumani hokimi etib tayinlandi. Sobiq hokim hududda investitsiya ko‘rsatkichi qoniqarsizligi sababli prezident topshirig‘iga ko‘ra ishdan olingandi.

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi
15 avgust 2023, 14:43

Bekzod Narimanov ombudsman o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanovni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosari lavozimiga sayladi. Qaror Senatga yuborildi.

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi
12 avgust 2023, 08:15

Rishton tumani va Marg‘ilon shahriga hokimlar tayinlandi

Bahodir Xoliqov Farg‘ona viloyatining Rishton tumaniga, Shukurulloxon Nisbatxonov esa Marg‘ilon shahriga hokim etib tayinlandi. Prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida har ikki hududning sobiq rahbarlari ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan olingandi.

Markaziy bank rahbariga kadrlar siyosati va rejim bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 20:41

Markaziy bank rahbariga kadrlar siyosati va rejim bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi

Ulug‘bek Nosirov O‘zbekiston Markaziy banki raisining yangi o‘rinbosari bo‘ldi, deya xabar berdi “Gazeta.uz” manbasi. U “kadrlar siyosati va rejim nazorati” uchun mas’ul bo‘ladi.

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 11:38

Bosh prokurorga ikki oʻrinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
9 avgust 2023, 09:22

Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Anvar Karimov qishloq xo‘jaligi vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. U bunga qadar iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
8 avgust 2023, 23:21

Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

General-mayor Davron Nazarmuhamedov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirning avvalgi o‘rinbosari Azizbek Ikramov yaqinda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 21:47

Qo‘rg‘ontepa tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan Alisher Halilov Qo‘rg‘ontepa tumaniga hokim bo‘ldi. Tumanning avvalgi hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bo‘yicha ishdan bo‘shatilgan edi.

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi
7 avgust 2023, 20:46

Davronjon Odilov “Yangi Toshkent” qurilishiga mas’ul etib belgilandi

Prezident qarori bilan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Davronjon Odilov “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi” direktori etib tayinlandi.

Xovos tumaniga hokim tayinlandi
7 avgust 2023, 17:39

Xovos tumaniga hokim tayinlandi

Sirdaryo viloyati Xovos tumaniga Ulug‘bek Yo‘ldoshev hokim etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Sardoba tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
7 avgust 2023, 15:58

Iqtisodiyot va moliya vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident farmoni bilan Ilhom Norqulov iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari, Ahadbek Haydarov, Abdulaziz Haydarov, Otabek Fozilkarimov, Bobur Xodjayev va Jasur Qarshiboyevlar esa vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutiga rektor tayinlandi
5 avgust 2023, 09:52

O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutiga rektor tayinlandi

Shahzoda Negmatova O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. U tayinlovga qadar Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting