«tayinlov» tegli maqolalar


Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
8 mart 2022, 10:19

Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ozoda Jurayeva tayinlandi.

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi
7 mart 2022, 12:28

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

«Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumaniga hokim bo‘ldi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi
1 mart 2022, 14:47

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi, Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi

O‘zbekistonda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tashkil etildi. Prezident farmoni bilan Zulayho Mahkamova qo‘mita rahbari va bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U oldinroq To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi va Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi
18 fevral 2022, 15:03

Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi

O‘zbekistonda Turizm va madaniy meros hamda Sportni rivojlantirish vazirliklari tashkil etildi. Deputatlar tomonidan turizm vaziri sifatida Aziz Abduhakimov, sport vaziri sifatida esa Adham Ikramov nomzodlari ma’qullandi.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi
18 fevral 2022, 11:01

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari, Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

Nasibulla Mo‘minov Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi. Shuningdek, viloyatning Xo‘jaobod va Paxtaobod tumanlariga hokimlar tayinlandi.

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
16 fevral 2022, 15:52

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori etib tayinlandi.

Bir qator tumanlarda IIB rahbarlari o‘zgardi
9 fevral 2022, 23:23

Bir qator tumanlarda IIB rahbarlari o‘zgardi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy va Kegeyli tumanlarida IIB boshliqlari o‘zgardi. Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarining bir qancha tuman IIBlarida ham lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi
8 fevral 2022, 08:46

Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi

Yunusobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Xabibulla Mirsoatov Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari bo‘ldi. U Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqovning o‘g‘li.

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi
7 fevral 2022, 16:36

Qarshi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Behzodjon Yusupov Qarshi tumani hokimi etib tayinlandi. Qashqadaryo hokimi tumanning oldingi rahbari Maqsuda Mustafoyeva hokimligi paytida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «2021 yilning o‘zida yer ajratish bo‘yicha qonunga zid qarorlar tufayli davlatga 6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan», — dedi Murotjon Azimov.

Muzaffar Komilov prezident maslahatchisi etib tayinlandi
2 fevral 2022, 11:12

Muzaffar Komilov prezident maslahatchisi etib tayinlandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. U O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimida ishlashda davom etadi.

Babur Shayakubov Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
22 yanvar 2022, 12:15

Babur Shayakubov Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Babur Shayakubov Qurolli Kuchlar Akademiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. U ushbu lavozimda Shavkatbek Mamajonovning o‘rnini egalladi.

O‘zbekiston mahallalarida 9 mingdan ortiq hokim yordamchilari ish boshladi
12 yanvar 2022, 14:04

O‘zbekiston mahallalarida 9 mingdan ortiq hokim yordamchilari ish boshladi

10 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlarida 9311 nafar hokim yordamchilari o‘z faoliyatini boshladi. Eng ko‘p hokim yordamchilari Samarqand (1120), Farg‘ona (1055) va Toshkent viloyatlarida (1014) tayinlangan. Hokim yordamchilarining hududlar bo‘yicha taqsimoti.

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
31 dekabr 2021, 14:02

Vladimir Norov tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Vladimir Norov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U 2019−2021 yillarda Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi sifatida faoliyat yuritgan edi.

Narzullo Oblomurodov Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullandi
30 dekabr 2021, 17:31

Narzullo Oblomurodov Ekoqo‘mita raisligiga ma’qullandi

Ekopartiya raisi Narzullo Oblomurodovning nomzodi quyi palata deputatlari tomonidan Ekoqo‘mita raisi lavozimiga ma’qullandi. Qo‘mitaning oldingi rahbari prezident tanqididan so‘ng ishdan olingandi.

Aktam Muxammadiyev Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi
30 dekabr 2021, 10:45

Aktam Muxammadiyev Adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan Aktam Muxammadiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Bir kunda sakkizta tumanning hokimlari o‘zgardi
23 dekabr 2021, 03:15

Bir kunda sakkizta tumanning hokimlari o‘zgardi

Bir kunda O‘zbekistonning uchta viloyatida sakkizta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi.

To‘rtta tumanda hokimlar almashdi
22 dekabr 2021, 12:11

To‘rtta tumanda hokimlar almashdi

Buxoro viloyatining Romitan, Samarqand viloyatining Bulung‘ur va Oqdaryo hamda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi.

Shaxriyor Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori bo‘ldi
16 dekabr 2021, 22:48

Shaxriyor Nurulloyev Madaniy meros agentligi direktori bo‘ldi

Shaxriyor Nurulloyev Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi. Bungacha u Prezident Administratsiyasida ishlagan.

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
24 noyabr 2021, 13:09

Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Norvegiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Jon Mikal Kvistad Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovga ishonch yorliqlarini topshirdi. O‘zaro suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi
18 noyabr 2021, 16:56

Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi

Toshkent viloyati sobiq hokimi Davron Xidoyatov Chirchiq shahri hokimi etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting