Shuxrat Uzakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Uning o‘rniga Xorazm viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Botir Kudratxodjayev tayinlandi.

Avvalroq, Qoraqalpog‘iston va Sirdaryodagi tumanlarga yangi prokurorlar tayinlangani haqida xabar berilgandi.