Yo‘ldashev Farrux Anvarovich Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani prokurori etib tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Bosh prokuraturasida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh va Nukus tumanlariga ham yangi prokurorlar tayinlandi.

Unga ko‘ra:

  • Bahrom Masharipov Taxiatosh tumani prokurori etib;
  • Po‘lat Xalmuratov Nukus tumani prokurori etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Bahrom Masharipov O‘zbekiston Bosh prokuraturasida, Po‘lat Xalmuratov esa Taxtako‘pir tumani prokuraturasida faoliyat olib borgan.