Ulug‘bek Uzoqov Qashqadaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

U 1969 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ulug‘bek Uzoqov Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

U 2016−2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi bo‘lgan. 2018 yildan 2021 yilning yanvar oyiga qadar Do‘stlik tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan edi.

Yanvar oyida Ulug‘bek Uzoqov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

Avvalroq Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi v.b. etib tayinlangandi.