11 avgust kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 2-Bolalar va o‘smirlar sport maktabi endilikdagi sobiq direktori M. X. o‘z xizmat xonasida fuqaro U. B. dan sport murabbiyi lavozimiga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,5 mln so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bergan.

Foto: Kitob tumani hokimligi

Tuman hokimligini noyabr oyida xabar berishicha, Kitob tumani sudida ushbu holatga oid sud ishi ko‘rib chiqilgan.

Sudlanuvchi M. X. Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi (Pora olish) bilan aybli deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.