Prezident farmoni bilan Zoyir Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2018 yilning fevral oyida general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangan edi.

2016 yilning sentabridan u O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan.

Zoyir Mirzayev 2019 yilning oktabr oyida Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimiga tayinlangan.

Qashqadaryo viloyati hokimligining ma’lum qilishicha, Zoyir Mirzayev boshqa viloyatga hokim etib tayinlanadi.