«Janobi Ro‘ziyev sharmanda qilgan ekan, endi bilinayapti hammasi. Qashqadaryo zo‘r, gazi bor, deb yuravergan ekanmiz. Viloyat respublika gazining 63 foizini beradi. Ammo odamlarda gaz yo‘q, suv yo‘q. Qani adolat?», — dedi Shavkat Mirziyoyev viloyatning sobiq hokimi Zafar Ro‘ziyev haqida.
2021 yil Qashqadaryo viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Viloyatda 2021−2022 yillarda umumiy qiymati 28 trln so‘m bo‘lgan 950 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu loyihalar natijasida 15 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Qashqadaryoda noto‘g‘ri sug‘orish oqibatida yerlarning 45 foizi sho‘rlangan, aholining atigi 50 foizi ichimlik suvi bilan ta’minlangan, viloyatning 88 maktabida «smena» ko‘rsatkichi yuqori, lekin bir nechta maktab filiali binosi paxsadan qurilgan, sog‘liqni saqlash tizimida 1000 dan ortiq shifokorlar yetishmaydi. Davlat rahbari viloyatning muammolarini sanab o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalarida ochiq muloqot qildi. Suhbat chog‘ida viloyat bo‘ylab 26 mingdan ortiq yoshlar ishsiz ekani va tadbirkorlik rivoji darajasi ancha pastligi qayd etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safarini Shahrisabzdagi Oqsaroy Vortex MCHJda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi.
Prezident pandemiya sharoitida Qashqadaryodagi vaziyatni o‘rganish maqsadida viloyatga jo‘nab ketdi.
Qashqadaryo viloyatida pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimi shaxsi ma’lum qilindi. Hokimiyat olamdan o‘tgan tibbiyot xodimlari oila a’zolariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatmoqda. 2020 yilda vafot etgan shifokorlar xotirasiga bag‘ishlangan «Fidokorlar» telegram kanalidagi ro‘yxatda 485 nafardan ortiq shaxs nomlari ko‘rsatilgan.
Kun.uz nashri «temir daftar»da bo‘lmagan shaxslarga yer ajratilgani haqidagi maqolani o‘chirdi. Xabar qilinishicha, sabzavotchilik bilan shug‘ullanish uchun olti kishi o‘rtasida 10 gektar yer bo‘lib berilgan va ular orasida faqat bir kishi ehtiyojmand oilalar ro‘yxatida bo‘lgan. Yana bir fuqaroning holati esa bahsli.
Qashqadaryo viloyatida «Avtomobilsiz 1 kun» loyihasi doirasida viloyat sektor rahbarlari, tuman va shahar hokimlari velopoyga uyushtirishdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va Kitob tumani hokimi Alisher Zokirovlar g‘olib bo‘lishdi.
Qashqadaryo viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga 3 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillashtirish huquqi berildi. Qarshida 27 iyuldan boshlab ma’lum soatlarda transport qatnovi taqiqlangan edi. Endilikda bunga ruxsat beriladi, shuningdek, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar, ovqatlanish korxonalari va boshqalar asta-sekin ochiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting