Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev lavozimidan ozod etilishi kutilmoqda. Ushbu ma’lumotni viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Ahror Sodiqov “Gazeta.uz"ga tasdiqladi.

Uning o‘rniga Bojxona qo‘mitasi raisi Murot Azimov viloyat hokimi etib tayinlanishi mumkin.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murotjon Azimov va Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Jo‘rayev.

2018 yilning fevral oyida general-mayor Murotjon Azimov Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.

2016 yilning sentabridan u O‘zbekiston bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari, ungacha esa Buxoro viloyati prokurori bo‘lgan.

Zoyir Mirzayev 2019 yilning oktyab oyida Qashqadaryo viloyat hokimi lavozimiga tayinlangan.