Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chishi xavfi haqida e’lon berdi.

Chimyon hududida 17 noyabr kuni soat 08:00 dan 18 noyabr kuni soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

FVV fuqarolardan ehtiyot choralarini ko‘rishni va «Diqqat! Qor ko‘chkisi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘radi.