Namangan kanaliga tushib ketgan Nexia-2 qutqaruvchilar tomonidan olib chiqildi, deya xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

3 yanvar kuni Namangan viloyati Chortoq tumani «Ayqiron» MFY hududidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga Nexia-2 haydovchisi noqulay ob-havo tufayli boshqaruvni yo‘qotib, tushib ketgani to‘g‘risida tuman FV xabar kelib tushgan. Ma’lum bo‘lishicha, avtomobilda haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

фвв

Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda avtomobil kanaldan olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.