11 iyun kuni ertalab soat taxminan 04:10 da Buxoro viloyati Kogon shaxar gazchilar qo‘rg‘onida joylashgan «Kogon magistral gaz quvurlari» boshqarmasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Voqea joyiga 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta maxsus texnika soat 04:13 da yetib borgan va yong‘in soat 05:50 da o‘chirgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida 1-sonli gaz haydash uskunasi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yog‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.