Favqulodda vaziyatlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan yong‘in haqidagi videoga munosabat bildirdi.

Chorshanba kuni soat 09:03da Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent shahar Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida joylashgan Evos ovqatlanish oshxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan joyga soat 09:12 da yetib borishgan. Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb etilib, yong‘in 09:24 da qurshab olinib, 09:37 da o‘chirilgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Yong‘in oqibatida binoning taxminan 60 kvadrat metr maydonda tomi hamda oshxona jixozlari yongan, fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.