O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 16 iyulga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyati Shet tumanida Olmaota-Yekaterinburg trassasida mikroavtobus va yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.

YTH vaqtida Mercyedyes-Benz Sprinter mikroavtobusida jami 18 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Sakkiz nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, ularning barchasi Qozog‘iston fuqarolari, qurbonlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q, deya xabar bermoqda FVV vaziyatni o‘rganib chiqqan Qozog‘iston tomonining yangilangan ma’lumotlariga tayanib.

Hodisa oqibatida 10 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, ulardan besh nafari o‘zbekistonlik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, ularga Oqsuv-Ayuli qishloq kasalxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan biri ambulator davolanish uchun chiqarilgan.