O‘zbekistonda 2022 yilning yoz mavsumida 142 nafar fuqaro cho‘kish bilan bog‘liq baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda FVV matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev ma’lum qildi.

2022 yilning bugungi kun holatiga hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Suvda-qutqaruv guruhlari tomonidan jami 142 nafar fuqarolarning cho‘kishlari bilan bog‘liq baxtsiz holatlarga chiqishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bulardan 51 nafari cho‘milish oqibatida, 85 nafari ehtiyotsizlik oqibatida yuzaga kelgan. Ushbu cho‘kkanlarning 45,3 foizini voyaga yetmaganlar tashkil etdi.

85 nafar fuqaro daryolar, kanallar hamda ariqlarning ustidagi suv, gaz, chiqindi oqava suv quvurlaridan yo‘lni qisqartirish maqsadida ko‘prik sifatida foydalanib o‘tishlari hamda suv xavzalari qirg‘oq bo‘ylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganliklari sababli cho‘kishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 20 iyuniga qadar 65 kishi suvga cho‘kish oqibatida halok bo‘lganini haqida ma’lum qilgandik. O‘shanda FVV vakili «Gazeta.uz»ga cho‘kish holatlari, sabablari va cho‘kayotganlarni qanday qutqarish zarurligi haqida so‘zlab bergandi (video).