Surxondaryoda sodir bo‘lgan sel tufayli oqib ketgan mashina va ikki fuqaroning jasadi topildi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

10 may kuni Sariosiyoning tog‘li hududlarida boshlangan sel oqimlari oqibatida Uzun tumani «Istiqlol» mahallasida yashovchi ikki fuqaroni sel oqizib ketgandi.

FVV qidiruv-qutqaruv va sel oqimi oqibatlarini bartaraf etish jaryonida avtomobil va bir nafar fuqaroning jasadi «To‘palang» daryosi o‘zanidan topilganini ma’lum qildi. Ushbu joydan taxminan 5 km pastroq hududda esa ikkinchi fuqaroning jasadi ham topildi.

Voqea joyida FVB qutqaruvchilari, Milliy Gvardiya, Ichki ishlar va tegishli xizmatlar xodimlari qidiruv-qutqaruv va sel oqibatlarini bartaraf etish ishlarini davom ettirmoqda.