Favqulodda vaziyatlar vazirligi Buxoro viloyati Buxoro shahrida 7 qavatli uy qulagani haqidagi ma’lumotga munosabat bildirib, xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi va holatga aniqlik kiritdi.

29 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarning birida Buxoro shahri Nizomiy ko‘chasidagi endokrinologiya shifoxonasi yonida 7 qavatli bino qulab tushgani haqida xabarlar tarqalgan. Zudlik bilan aytilgan manzilga ixtisoslashgan tashkilotlar mutaxassislari yetib borgan. O‘rganish davomida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘lgan.

бухоро, фвв, фейк, қурилиш

Aniqlanishicha, 27 dekabr kuni Ibn Sino ko‘chasida qurilayotgan 7 qavatli uyning 7-qavati oraliq qismida bo‘lgan 3 dona beton plita qulab tushgan. Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Ushbu vaziyat yuzasidan Qurilish vazirligi ham munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, shaharning Bahouddin Naqshband ko‘chasi yoqasidagi birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, yuqori qavatlari esa turar joy binosi bo‘lishi ko‘zda tutilgan obyektda qurilishda ishlab chiqarish texnologiyasiga, xavfsizlik talablariga rioya qilinmagan.

бухоро, фвв, фейк, қурилиш

Texnik nazoratchining obyekt qurilishi davomida o‘ziga yuklatilgan nazorat ishlarini vaqtida amalga oshirmagani, loyiha nazoratchisi tomonidan belgilangan kalendar reja-jadval asosida nazorat tadbirlarini olib borilmagani hamda belgilangan mustahkamlikka ega bo‘lmagan to‘sin (rigelga) ortiqcha yuklanish berilishi sababli rama konstruksiyaning to‘sin (rigel) qismida buzilish yuzaga kelgan.

Holat bo‘yicha jabrlanganlar yo‘q.

бухоро, фвв, фейк, қурилиш