Jamiyat

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi
5 dekabr 2023, 23:39

Salim Abduvaliyev (“Salimboy”) Toshkentda ushlandi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan “Salimboy” laqabli tadbirkor Salim Abduvaliyevni qo‘lga oldi.

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi
5 dekabr 2023, 23:13

Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratildi

Poytaxt xalq deputatlari kengashi “Yangi Toshkent” loyihasini hisobga olgan holda Toshkent shahrining bosh rejasini ishlab chiqish uchun birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratilishini ma’qulladi.

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi
5 dekabr 2023, 22:47

BAAning Tadweer kompaniyasi O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarishda yordam beradi

O‘zbekiston Ekologiya vazirligi va Tadweer (BAA) kompaniyasi COP28 doirasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish sohasida “yashil” texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, chiqindilarni elektrga aylantirish zavodini ishga tushirishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi.

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda
5 dekabr 2023, 19:00

Click 1 mlrd so‘mlik yutuqli o‘yin o‘tkazmoqda

24-yanvargacha Click kompaniyasi 1 mlrd so‘m o‘ynaluvchi aksiya o‘tkazmoqda. Asosiy pul mukofotlaridan tashqari, ishtirokchilarda har kunlik sovrinlarni yutib olish imkoniyati bor.

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?
5 dekabr 2023, 18:55

Test: Disney multfilmlarini qanchalik yaxshi bilasiz?

Rekord darajada ko‘p — 26 ta “Oskar” haykalchasi egasiga aylangan Uolt Disney tavalludiga 5-dekabr kuni 122 yil to‘ldi. U asos solgan Disney studiyasi o‘z filmlari bilan nafaqat bolalar, balki kattalarga ham zavq ulashishda davom etmoqda. “Gazeta.uz” aynan shu studiya multfilmlari haqida test tayyorladi.

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi
5 dekabr 2023, 17:19

O‘zbekistonda bu yilgi kuz kuzatuvlar tarixidagi eng issig‘i bo‘ldi

O‘zbekistonda 2023-yil kuzi, xususan, noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng issig‘i bo‘ldi. Faslning so‘nggi oyida harorat +28 darajagacha ko‘tarildi. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi
5 dekabr 2023, 16:56

Uzbekistan Airways talabalarga 50 foiz chegirma taqdim etadi

Uzbekistan Airways tomonidan qishki ta’til munosabati bilan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga 23-dekabrdan 7-yanvargacha 50 foizlik chegirma beriladi.

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi
5 dekabr 2023, 15:46

Moskvadan Termizga uchayotgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘ndi

Moskva — Termiz yo‘nalishida uchayotgan samolyot yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Qozog‘istonning Aqto‘be shahri xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘ndi. Ekipaj bort tagiga tez yordam mashinasini chaqirtirgan.

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi
5 dekabr 2023, 13:33

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jazo joriy qilinayotganini rad etdi

Adliya vazirligi qarg‘ish uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq tarzidagi ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bunday hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan, dedi vazirlik.

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi
5 dekabr 2023, 13:12

Toshkentda qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlanganlar ushlandi

Chilonzor tumanida qalbaki 20 ming dollarni sotishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ular fuqaroga pullarni 10 ming dollarga sotgan.

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi
5 dekabr 2023, 13:11

Andijonda uch nafar jinoyat olami vakillari ushlandi

Andijon viloyatidagi profilaktik tadbirlarda jinoyat olami vakillari, tovlamachilar, “o‘zidan yetakchi yasab olganlar” hamda ularga yaqin bo‘lgan shaxslar qo‘lga olinmoqda. Xususan, bezorilik, tovlamachilik va giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishda gumonlanib 3 nafar shaxs hibsga olindi.

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi
5 dekabr 2023, 11:27

Jizzaxda boshqaruvi yo‘qotilgan “Jiguli” 5 ta avtomobilga borib urildi

Jizzax shahrida “VAZ-2107” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urildi. Oqibatda uch kishi jarohatlandi.

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi
5 dekabr 2023, 10:46

Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybus harakati tiklandi

Urganch-Xiva-Urganch yo‘nalishidagi trolleybus harakati tiklandi. Qatnov yuqori kuchlanishli elektr simlari va transformatorlarida ta’mirlash ishlari olib borilgani hamda elektr energiyasi bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar sababli 20-noyabrda to‘xtatilgandi.

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida
5 dekabr 2023, 10:22

“Go‘yo shaharni bulut qoplagandek”. Urganchdagi tuman — Azamat Matkarimov obyektivida

4-dekabr kuni ertalab Urganchni qalin tuman qopladi. Bunday ob-havo tufayli ikkita aviareys kechiktirildi. Soat 10 ga kelib, tuman tarqadi. Fotograf Azamat Matkarimov tongda tumanli shaharni aylandi.

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi
5 dekabr 2023, 10:16

Farg‘onada mayning ferma davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgani aniqlandi

Uchko‘prik tumanida davlatga 2,8 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyati to‘xtatildi.

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi
5 dekabr 2023, 09:52

Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida gaz o‘chiriladi

Toshkentning Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlaridagi ba’zi mahalla va ko‘chalarda 5−6-dekabr kunlari tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
5 dekabr 2023, 09:44

Oliygohlarda ayrim talabalarning kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Davlat OTMlarida 1-kurs va o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar uchun to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 25-dekabrga qadar uzaytirildi. Yuqori bosqichdagilarning kontraktni to‘lash muddati esa oliygoh rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

Toshkentda jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi
5 dekabr 2023, 09:33

Toshkentda jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan juda ko‘p miqdorda tovlamachilik moddasi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida jinoiy faoliyatda gumonlangan yana 10 kishi qo‘lga olindi. “Ular tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini noqonuniy qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi
5 dekabr 2023, 09:22

Doston Xalilov O‘zbekistondan qochishga uringan vaqtda qo‘lga olindi

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari Doston Xalilovni Qirg‘izistonga qochishga uringan vaqtda qo‘lga oldi. Uning Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgani qayd etilgan.

11 mln mahsulot va 10 ta shaharda 100 ta tarqatish punkti: Uzum Market kuzgi sarhisobni e’lon qildi
4 dekabr 2023, 17:00

11 mln mahsulot va 10 ta shaharda 100 ta tarqatish punkti: Uzum Market kuzgi sarhisobni e’lon qildi

Milliy marketpleys Uzum Market kuz faslining uch oyi sarhisoblar bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra, platformada 11 mln mahsulot rasmilashtirildi, O‘zbekistonning 10 ta shahrida 100 ta yangi tarqatish punkti ochildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting