Farg‘ona viloyati IIB va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Farg‘ona shahrida Baxtiyor Qudratullayev (“Baxti Tashkentskiy”) bilan yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Doston Xalilovni qo‘lga oldi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

бахти ташкентский, бахтиёр қuдратuллаев, достон халилов, jinoiy guruhларga qarshi reydlar, тошкент

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar doirasida qo‘lga olingan.

Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan sudlangan Xalilov Doston Xolbo‘ta o‘g‘li qo‘shni Qirg‘izistonga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda “Do‘stlik” chegara postida qo‘lga olindi.

бахти ташкентский, бахтиёр қuдратuллаев, достон халилов, jinoiy guruhларga qarshi reydlar, тошкент

Farg‘ona shahri IIB tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik; bunday jinoyat uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud shuncha muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab “ko‘cha jinoiy guruhlari va jinoiy dunyoning o‘nlab vakillari”ga qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida 22 nafar jinoiy guruh a’zosi, shuningdek, MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov (“Borz” laqabi bilan mashhur) qo‘lga olingandi.

Kuni kecha Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyev ushlangan. Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Ma’lum qilinishicha, ular odamlarga pul evaziga qarzlarini undirib bergan.

3-dekabr kuni poytaxt IIBB “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va yana ikki shaxs o‘ta yirik miqdorda tovlamachilikda gumon qilinib hibsga olinganini ma’lum qilgandi.