16-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida “Boxo zavxoz” laqabi bilan tanilgan Bahodir Sultonov hamda u bilan birga qamoqqa olingan Navoiydagi avtosalon direktori Niyoz Ibodovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Gazeta.uz”ga Toshkent shahar sudlari matbuot kotibi xabar qildi.

Ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud hukmi bilan Bahodir Sultonovga 10 yil, Niyoz Ibodovga 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Shuningdek, sud hukmi bilan Bahodir Sultonov o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan.

Avvalroq “Ziki eski shahar” laqabi bilan tanilgan Lutfilla Umarov 6 yil 2 oyga, “Salimboy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyev esa 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.