Dushanba kuni ertalab Urganch shahri havosi “go‘yo bulut qoplab olgandek” juda nam edi. Nukuslik fotograf Azamat Matkarimov 4-dekabr kuni Xorazmdagi tumanni shunday tasvirladi. Ko‘rish masofasi 80 metrgacha yetdi, deb xabar qildi “O‘zgidromet” matbuot xizmati “Gazeta.uz”ga.

tuman, урgaнч

O‘zbekistonda tumanlar asosan yilning sovuq davrida — noyabrdan aprelgacha kuzatiladi. Dekabr va yanvar oylarida tuman tushishi ko‘p ro‘y beradi.

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

Urganchda noyabrdan martgacha tuman kuzatiladi. Ko‘p yillik kuzatuvlarga ko‘ra, dekabrda o‘rtacha 4 kun, yanvarda 5 kun tumanli o‘tadi. Ba’zi yillarda bu oylarda tumanli kunlar soni 6−12 kunga yetadi.

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

Tuman ko‘pincha sovuq havoning iliq tuproqqa tushganida va aksincha hollarda paydo bo‘ladi. 3−4-dekabr kunlari aynan shunday holat Urganchda kuzatildi: noyabr oyi oxirida ro‘y bergan keskin sovuqdan so‘ng O‘zbekiston hududiga iliq havo kirib kela boshladi.

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

Kecha Uzbekistan Airports matbuot xizmati Urganch aeroportidan Toshkentga uchadigan reyslar ob-havo tufayli kechiktirilganini ma’lum qildi. Biroq soat 10:00 ga kelib, tuman tarqaldi va ikkala samolyot ham poytaxtga yo‘l oldi.

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

tuman, урgaнч

Peshin vaqtida havo harorati 10 darajadan yuqorilab, quyosh chiqdi.