Uch oy ichida Uzum Market milliy marketpleysi kunlik buyurtmalar soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, yangi omborni ishga tushirdi, geografiya va assortimentni kengaytirdi.

Savdo rekordlari

11.11 savdosining dastlabki 24 soatida o‘zbekistonliklar 130 mingdan ortiq buyurtma berishdi — bu 2022-yilga nisbatan 15 baravar ko‘p. Yilning asosiy chegirmalaridan biri bo‘lgan ushbu kunlarda mamlakat aholisi Uzum Market`da jami 618 440 ta buyurtma berdi. Toshkent, Samarqand va Buxoroda yashovchilar xaridorlarning eng faoli bo‘lishdi.

Shu uch oy ichida mamlakat aholisi milliy marketpleysdan 11 milliondan ortiq tovar sotib olishdi. Buyurtmalar soni bo‘yicha go‘zallik va sog‘liq uchun tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika va elektronika, shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlari yetakchi o‘rinni egalladi.

Uzum Market`da savdolar davom etmoqda — 4-dekabrga qadar milliy marketpleysda “Kiberdushanba”, ya’ni elektronika va maishiy texnikaga chegirmalar amal qiladi.

Logistika va sotuvchilar

Buyurtmalar bilan birga sotuvchilarning soni ham osib borayotganda (noyabr oyining o‘zida milliy marketpleysda yana 1134 sotuvchi ro‘yxatdan o‘tgan) xizmat sifatini saqlab qolish uchun Uzum Market 18 ming kv. m. maydonga ega yangi omborni ishga tushirdi. Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan yangi ombor 5 mln dan ortiq tovarlarni joylashtirishga imkon beradi.

Uzum Market omborlaridan tovarlar har kuni mamlakatning barcha hududlaridagi 72 ta shaharga jo‘natiladi. 3 oy ichida marketpleys jamoasi 10 ta yangi shaharda 100 dan ortiq yangi buyurtma tarqatish punktlarini ishga tushirdi. Umuman olganda, Uzum Market tarqatish punktlari soni bugungi kunda butun mamlakat bo‘ylab 336 ta bo‘lib, mamlakatdagi eng yirik tarmoqlardan biri hisoblanadi.

Servislar integratsiyasi

11.11 savdosida buyurtmalarning qariyb 45 foizi Uzum Nasiya muddatli to‘lov usuli bilan to‘langan, uni Uzum Market`da rasmiylashtirish mumkin. oktabr oyida marketpleys ilovasi foydalanuvchilari Uzum Tezkor orqali kafe va restoranlardan sevimli taomlarni yetkazib berishga buyurtma berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Bunda, marketpleys foydalanuvchilari Uzum Tezkor ga buyurtma berish uchun qayta ro‘yxatdan o‘tishlari kerak emas.

Bugun Uzum Tezkor`da Toshkent va Andijondagi 700 dan ortiq kafe va restoranlardan yetkazib berish imkoniyati mavjud, noyabr oyida esa servis Makro supermarketlaridan tovarlarni ekspress-yetkazib berishni ham yo‘lga qo‘ydi.

“Biz mamlakatning millionlab aholisiga yuz minglab tovarlarni xarid qilish, tadbirkorlarga esa o‘z tovarlarini marketpleysning logistika va IT infratuzilmasidan foydalangan holda butun mamlakat bo‘ylab sotish imkoniyatini beradigan milliy platformani yaratmoqdamiz. Bir yildan beri biz sekinlashmasdan butun mamlakat bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirmoqdamiz va kelgusi yilda biz mamlakatdagi eng yirik logistika majmuasining birinchi qismini ishga tushiramiz. 2024-yilda Uzum Market buyurtma tarqatish punktlari mamlakatning 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan har bir aholi punktida bo‘ladi”, — dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.