Toshkent shahrining Yangihayot, Bektemir, Yashnobod tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi sabab qili ko‘rsatilgan. Gaz ta’minoti to‘xtatiladigan hududlar:

Yangihayot tumanida 5-dekabr kuni 11:40 dan 18:00 gacha:

  • Xushnud mahallasi Soy bo‘yi, Sardor, Rivojlanish ko‘chalarida 175 ta xonadon;
  • Ulgurji iste’molchilar — 2 ta.

Bektemir tumanida 5-dekabr 11:40 dan 16:00 gacha:

  • Abay mahallasi;
  • Chashma mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 6 ta.

Yashnobod tumanida 6-dekabr 10:40 dan 18:00 gacha:

  • Uysozlar mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 4ta.