Jamiyat

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda
11 yanvar 2024, 11:42

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mld dollar investitsiya jalb etish mo‘ljallanmoqda

Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.

Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi
11 yanvar 2024, 11:39

Tashkent Pharma Park hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.

“Hukumat va fuqarolik jamiyatining harakatlari kerak”. AQSh elchisi — Toshkentdagi havo sifati haqida
11 yanvar 2024, 11:12

“Hukumat va fuqarolik jamiyatining harakatlari kerak”. AQSh elchisi — Toshkentdagi havo sifati haqida

AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan korxona 4 mlrd so‘m jarimaga tortildi
11 yanvar 2024, 09:42

Farg‘onada elektrdan noqonuniy foydalangan korxona 4 mlrd so‘m jarimaga tortildi

Qo‘qonda qandolatchilik korxonasida elektrga mayning qurilmalari ulanib, noqonuniy ravishda foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Tadbirkorga jami 4 mlrd so‘mlik qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi.

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda
11 yanvar 2024, 09:10

11-yanvar tongida ham Toshkent havosi zararliligicha qolmoqda

Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.

Eski ToshMIdagi sobiq kadet korpusining tarixiy binosida demontaj ishlari olib borilmoqda
11 yanvar 2024, 00:42

Eski ToshMIdagi sobiq kadet korpusining tarixiy binosida demontaj ishlari olib borilmoqda

Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.

10-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
10 yanvar 2024, 22:44

10-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Shamolda tomi uchib ketgan hokimlik binosi, o‘zbek-qozoq chegarasi haqida yozgan Nazarboyev, Toshkentning “tashrif qog‘ozi"ga aylanadigan bozorlar, Latviyada mashhurlikka erishgan o‘zbekistonlik kuryer, keshbek tizimiga kiritilayotgan cheklov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi
10 yanvar 2024, 20:38

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi

Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi
10 yanvar 2024, 20:03

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod”ni qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
10 yanvar 2024, 19:14

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.

Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan
10 yanvar 2024, 17:32

Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan

O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi
10 yanvar 2024, 17:03

Toshkentda erkak onasining enagasini kaltakladi

Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi
10 yanvar 2024, 16:54

Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi
10 yanvar 2024, 15:25

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi

Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.

Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi
10 yanvar 2024, 12:54

Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi

O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.

O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi
10 yanvar 2024, 12:10

O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi

Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi
10 yanvar 2024, 11:55

Toshkentda “Jiguli” yonib ketdi

Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” elektr simlarida yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida yonib ketdi. Hodisa sabab hech kim jarohatlanmadi.

Toshkent havosi bir muddat “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi
10 yanvar 2024, 11:46

Toshkent havosi bir muddat “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi

10-yanvar kuni tongda Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi. AQSh elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik esa seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi.

Latviyada o‘zbekistonlik kurer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi (video)
10 yanvar 2024, 11:35

Latviyada o‘zbekistonlik kurer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi (video)

Rigada yetkazib berish xizmati kureri, asli musiqachi bo‘lgan o‘zbekistonlik Hasan Azlarov restoranlarda buyurtma kutish chog‘ida pianino chalardi. Kimdir uning ijrosi aks etgan videoni internetga joylagach, mijozlar Hasanni taniy boshladi, shuningdek, unga ish bo‘yicha yangi takliflar berilmoqda. Video.

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi
10 yanvar 2024, 10:13

Samarqandda pora olishda ayblangan ikki nafar soliqchi 5 yilga qamaldi

Samarqandda pora olganlikda ayblangan ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ular tadbirkorning soliq va penya qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra, soliqchilar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting