7-yanvar kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida erkak onasining enagasi bo‘lib ishlagan ayolni kaltakladi. Bu haqda O‘zbekistonda zo‘ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

Jabrlanuvchining qo‘shnilari u ish beruvchisi tomonidan kaltaklangani va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ekani haqida xabar bergan. O‘shanda hech kim jabrlanuvchining ichki ishlar organlariga qilgan qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan va uning ko‘rsatmasini olmagan.

Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Boshqarma matbuot kotibi Nilufar Madiyevaning qayd etishicha, jabrlanuvchining chaqirig‘iga javob bergan tez yordam shifokori voqea haqida o‘sha kuniyoq ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. U huquq-tartibot idoralari vaziyatga e’tibor bermayotgani haqidagi xabarlarni izohlarkan, tuman IIB xodimi “materiallar to‘plagani, barcha kerakli tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazgani va hujjatlarni tergovga topshirgan”ini aytdi.

IIBB ham ushbu modda bo‘yicha ish birlamchi materiallar bo‘yicha qo‘zg‘atilganiga aniqlik kiritdi. Holat bo‘yicha ekspertiza tayinlangan, uning natijalariga ko‘ra jabrlanuvchiga aniq qanday og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilgani ma’lum bo‘ladi va jinoyat ishi qayta tasniflanishi mumkin.