10-yanvar kuni soat 9−10 holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha “nosog‘lom” darajada, deb xabar berdi O‘zgidromet ikkita avtomatik monitoring stansiyasi ma’lumotlariga asoslanib.

Datchik ko‘rsatkichlari Yunusobod tumanidagi O‘zgidromet hududida 56 mkg/m3 (JSST tavsiyasi — 5 mkg/m3), Chilonzor tumanidagi Xalqlar do‘stligi maydonida 59 mkg/m3 ni ko‘rsatdi.

O‘zgidrometO‘zgidromet

Toshkentdagi AQSh elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi. Shu sababli ushbu datchikdan olingan ma’lumotlar IQAir global xizmatida xato aks etmoqda. “Bu muammoni imkon qadar tezroq hal etishga harakat qilamiz”, — deya ma’lum qildi diplomatik missiya.

iqair, тошкент havoси, havo ифлослаniши

Elchixona binosiga 2018-yilda o‘rnatilgan datchik poytaxtdagi birinchisi hisoblanadi. Ko‘p yillardan beri undan shahardagi havo sifatini baholashda foydalanib kelinadi. Avvallari hukumat amaldorlari elchixonadagi datchik va jahon veb-saytlari vaziyatni to‘laqonli aks ettirmasligini ta’kidlagan bo‘lsa, keyinchalik bu ma’lumotlardan, jumladan, rasmiy xabarlarda ham foydalanila boshlandi. Endilikda datchiklar ko‘paydi va aholi Toshkentdagi havo to‘g‘risidagi vaziyatni yaxshiroq bilishlari mumkin.