Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi qoraqalpoq diasporasi rahbari Niyetbay Urazbayev 9-yanvar kuni Olmaotadagi kasalxonada yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda mamlakatdagi OAV xabar berdi.

Niyetbay Urazbayev 1969-yilda Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. U Mang‘istau viloyati “Allayar joli” qoraqalpoq etnik-madaniy birlashmasi raisi bo‘lgan.

Urazbayev 2023-yilning 10-may kuni Qoraqalpog‘iston sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan 2022-yil iyulidagi Nukus voqealari bo‘yicha jinoiy ishda aybdor deb topilgan va sirtdan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.