Jamiyat

O‘zbekistonning to‘rt hududida pora olish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
27 dekabr 2023, 11:52

O‘zbekistonning to‘rt hududida pora olish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.

Toshkentda erkak 48 yoshli ayolni yoqib yubordi
27 dekabr 2023, 10:58

Toshkentda erkak 48 yoshli ayolni yoqib yubordi

Yashnobod tumanida erkak maishiy chiqindilarni qabul qilish punktida yashovchi ayolni ustiga benzin sepib, yoqib yubordi. Ayol tananing 18 foiz kuyishi, bosh o‘ng tepa qismining lat yeyishi kabi tan jarohatlar oldi.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,05 trln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi
27 dekabr 2023, 10:24

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 1,05 trln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilindi

Yil boshidan buyon 1 trln 500 mln so‘mlik gaz va elektr energiyasi talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Toshkentdagi “zapravka”larda 2,8 mln litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olingan.

Toshkentdagi xususiy bog‘chada qo‘pol harakati bilan bolaning qo‘lini chiqarib yuborgan xodimga nisbatan jinoiy ish ochildi
27 dekabr 2023, 09:38

Toshkentdagi xususiy bog‘chada qo‘pol harakati bilan bolaning qo‘lini chiqarib yuborgan xodimga nisbatan jinoiy ish ochildi

Yakkasaroy tumanidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida enaga yordamchisi tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘pol harakat qilib, unga shikast yetkazgani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, enaga yordamchisi ayblanuvchi tariqasida jalb qilindi.

26-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
26 dekabr 2023, 23:45

26-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Sankt-Peterburgda yig‘ilgan MDH mamlakatlari rahbarlari, 2024-yil uchun tasdiqlangan davlat budjeti, Samarqanddagi JCHga kelgan shaxmatchi Magnus Karlsen, hujjatlarni arxivga onlayn jo‘natish imkoniyati, mashina sotib olishdagi yangicha tartib va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.

Hindistonda buyrak transplantatsiyasi uchun borgan O‘zbekiston fuqarosining 16 ming dollari o‘g‘irlab ketildi
26 dekabr 2023, 23:08

Hindistonda buyrak transplantatsiyasi uchun borgan O‘zbekiston fuqarosining 16 ming dollari o‘g‘irlab ketildi

Hindistonda politsiya formasini kiygan bir guruh shaxslar O‘zbekiston fuqarosining buyrak transplantatsiyasi uchun zarur bo‘lgan 16 ming dollarini o‘g‘irlab ketdi. O‘zbekiston elchixonasi Hindiston davlat idoralari bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berib, vatandoshlarni hushyorlikka chaqirdi.

Davlat tashkilotlarida hujjatlarni arxivga onlayn jo‘natish imkoniyati yaratiladi
26 dekabr 2023, 22:56

Davlat tashkilotlarida hujjatlarni arxivga onlayn jo‘natish imkoniyati yaratiladi

“O‘zarxiv” agentligi tomonidan “Idoraviy elektron arxiv” onlayn tizimi taqdim etildi. U idoralararo hujjat aylanish tizimi (edo.ijro.uz) bilan integratsiyalashgan va hujjatlarni onlayn saqlash uchun arxivga o‘tkazish imkonini beradi.

Qo‘llanma: Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?
26 dekabr 2023, 21:03

Qo‘llanma: Is gazidan zaharlanganda nima qilish kerak?

Is gazi nima? Undan zaharlanish qanday yuz beradi? Bunday hollarda (yoki zaharlanmaslik uchun) nima qilish kerak? “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash hamda Energetika vazirliklarining bu bo‘yicha tavsiyalarini jamladi.

UzAuto Motorsʼga bir yilda 2 tadan ko‘p mashina sotib olganlarga keyingi yil mashina sotmaslik huquqi berildi
26 dekabr 2023, 17:17

UzAuto Motorsʼga bir yilda 2 tadan ko‘p mashina sotib olganlarga keyingi yil mashina sotmaslik huquqi berildi

O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni chakana sotish tartibiga o‘zgartirishlar kiritdi. Endilikda UzAuto Motors mijoz bilan 12 oy ichida ikkitadan ortiq oldi-sotdi shartnomasi tuzgan bo‘lsa, u bilan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma tuzishdan bosh tortishi mumkin bo‘ladi.

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi
26 dekabr 2023, 16:04

Navoiyda 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi

Odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyati uchun Navoiy shahridagi koloniyada saqlangan 24 yoshli mahkum o‘z joniga qasd qildi. Ombudsman matbuot xizmati u ruhiyatida o‘zgarishi bor mahkumlar ro‘yxatida turgani, “noodatiy xatti-harakatlari” sababli o‘limidan bir kun avval alohida saqlana boshlaganini bildirdi.

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi
26 dekabr 2023, 15:25

O‘zbekistonda yil davomida 9,2 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari musodara qilindi

O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan yil davomida qariyb 9,2 tonna giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Bu o‘tgan yilgidan 12 barobarga ko‘r. Ularning katta qismi — 8,5 tonnasi sentabr oyida qandolat ko‘knorisi deb ko‘rsatilgan rekord partiya bo‘ldi.

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi
26 dekabr 2023, 14:34

O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 600 ming dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga hukm o‘qildi

Namangan tuman sudi O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 590 ming AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan 4 nafar shaxsga hukm o‘qidi. Ayblanuvchilarning 2 nafari 5 yilga, yana 2 nafari esa 5 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin
26 dekabr 2023, 12:52

Dori moddalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid norma bekor qilinishi mumkin

Deputatlar dori moddalari (substansiyalar)ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid normani bekor qilish nazarda tutilgan qonun loyihasini qabul qildi. Shuningdek, loyihada SSV vakolatidan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlash normasi chiqarilmoqda.

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi
26 dekabr 2023, 10:59 3

Maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitiladi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 1-yanvardan maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi. Sertifikatga ega direktorlar 3 yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi
26 dekabr 2023, 10:07

Toshkentda kameralar avtobus yo‘laklarida to‘xtaganlik uchun bir kunda 175 ta jarima qayd etdi

24-dekabr kuni Toshkentning Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalarida o‘rnatilgan beshta kamera avtobus yo‘lagida to‘xtagan 175 nafar haydovchiga jarima soldi.

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi
26 dekabr 2023, 10:04

Toshkent viloyatida 13 yoshli qizga o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

Zangiota tumanida 13 yoshli qizga nisbatan o‘gay onasi tomonidan zo‘ravonlik qilingani aniqlandi. Ayolning ruhiy holatiga huquqiy baho berish uchun ekspertiza tayinlandi.

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi
26 dekabr 2023, 09:17

16 kishi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga tasdiqlandi

Prezident Fanlar akademiyasining 16 nafar yangi haqiqiy a’zosini tasdiqladi. Ular orasida qator ilmiy muassasalar rahbarlari va xodimlari bor. Bungacha FAning haqiqiy a’zolari ro‘yxati 2017 va 1995-yillarda to‘ldirilgandi.

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi
25 dekabr 2023, 23:45

O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga bag‘ishlangan filmlar suratga olinadi

Oilaga tayyorgarlik mavzulari maktab o‘quv dasturiga biologiya va tarbiya fanlari doirasida kiritiladi. Ona tili va chet tili fanlarida o‘quvchilarga “oila muqaddasligini ochib beradigan” mavzular o‘qitiladi. Oiladagi zo‘ravonlikni qoralovchi va muvaffaqiyatli xotin-qizlarga atalgan kino va reklamalar ishlanadi.

Qanday qilib AQShda bepul o‘qish mumkin? Abduaziz Isoqulov hikoyasi
25 dekabr 2023, 19:00

Qanday qilib AQShda bepul o‘qish mumkin? Abduaziz Isoqulov hikoyasi

Abduaziz Isoqulov AQSh hukumatining OTM talabalari uchun mo‘ljallangan eng yirik — Fulbright stipendiyasini yutib olib, Nyu-Yorkdagi Fordhem universitetining xalqaro huquq yo‘nalishiga o‘qishga kirgan. “Xorij diplomi” loyihasida u stipendiya, Amerika ta’lim tizimi va ish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi
25 dekabr 2023, 17:41

Bayram kunlari Toshkentdagi avtobuslar qisqartirilgan jadval asosida harakatlanadi

Toshkentda avtobuslar 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida, 6-yanvar — shanba kuni esa ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatlanadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting