dayjest

Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak

Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.


dayjest

Toshkent uchun kurash, Bo‘stonliq alami, O‘zbekistondagi “qozoq respublikasi”. Nazarboyevning kitobida o‘zbek-qozoq chegarasi haqida nimalar yozilgan?

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning “Mening umrim. Qaramlikdan erkinlikka” kitobida davlat chegarasi — bosh mavzulardan biri. Muallif, xususan, o‘zbek-qozoq chegarasi, ikki respublika o‘rtasidagi yer oldi-berdisi mavzulariga to‘xtalib, bahsli masalalar qanday yechilgani haqida hikoya qiladi.


dayjest

Sultonhovuz va Sirdaryoga sayohat. Barchaga beminnat rizq ulashuvchi makon manzaralari

Taniqli fotograf Husniddin Ato shogirdlari bilan tez-tez safarga chiqadi. Ustoz 2023-yil yozida Madina A’zam, Murod Yusuf, Farangiz Kamolova, Kamron Hasanov bilan birga Sultonhovuz ko‘li va uning yaqinidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoga sayohat qilgandi. Quyida — sayohat davomida olingan suratlardan namunalar.


dayjest

Prezident bozorlarni rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi

Prezident tarixiy shaharlardagi bozorlarni sayyohlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish hamda Toshkent va boshqa shaharlardagi yangi bozorlar loyihalari bilan tanishdi. 515 ta bozorni “tartibga keltirish” uchun alohida dastur ishlab chiqilmoqda.


dayjest

Latviyada o‘zbekistonlik kurer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi (video)

Rigada yetkazib berish xizmati kureri, asli musiqachi bo‘lgan o‘zbekistonlik Hasan Azlarov restoranlarda buyurtma kutish chog‘ida pianino chalardi. Kimdir uning ijrosi aks etgan videoni internetga joylagach, mijozlar Hasanni taniy boshladi, shuningdek, unga ish bo‘yicha yangi takliflar berilmoqda. Video.


dayjest

Toshkent havosi bir muddat “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi

10-yanvar kuni tongda Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori bo‘yicha “nosog‘lom” darajani ko‘rsatdi. AQSh elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik esa seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi.


dayjest

Ekvadorda qurolli hujumlar ortidan favqulodda holat e’lon qilindi. Asosiy ma’lumotlar

Ekvadorda telekanalga jonli efir vaqtida qurolli shaxslar bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi va “mafiya bilan o‘ynashmaslikni” aytdi. Mamlakatda hujumlar sabab 10 kishi halok bo‘ldi. Prezident “ichki qurolli konflikt” rejimini e’lon qildi. Avvalroq yirik jinoiy guruh rahbarlari qamoqdan qochgandi.


dayjest

Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda

Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.


dayjest

Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor bo‘ldi

Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.


dayjest

O‘zbekistonda sirtdan qamalgan Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi

Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.


dayjest

Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi

O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.


dayjest

Forishda kuchli shamol hokimlik binosining tomini uchirib yuborishi oqibatida 6 ta mashina shikastlandi

Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.


dayjest

Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan

O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy"dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.


dayjest

Shahrisabz va Parkent tumanlarida dam olish maskanlari quriladi

Shahrisabz va Parkent tumanlarida tog‘ turizmi uchun dam olish maskanlari qurilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak platosida yengil konstruksiyali hostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmat ko‘rsatish uchun qayta foydalanishga topshirish, hududni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.


dayjest

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari odam savdosida ayblanayotgan “Madam Klod"ni qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.


dayjest

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.


dayjest

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kirganlar sotib olganda QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxati kengaydi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.


dayjest

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud: Sardor Kariyev tergovda unga ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytdi

Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.


dayjest

2024-yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin — olimlar

Olimlarning fikricha, joriy 2024-yil 2023-yildagi rekord darajadan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Bu El-Nino, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu hodisa o‘tgan yilgi haroratga ham ta’sir qilgandi.