O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-yanvar kuni Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash rejalari bilan tanishdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev 22-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida sirk faoliyatini takomillashtirish masalasini ko‘targandi.

Taqdimot davomida sirk binosini rekonstruksiya qilish, shuningdek, ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish maqsadida 300 o‘rinli o‘quv binosini qurish rejalari muhokama qilindi.

тошкент davlat sirki, sirk

“O‘zbekiston 24” telekanali taqdim etgan taqdimotga ko‘ra, sirk yonida o‘quv binosini joylashtirish uchun ikkita joy ko‘rib chiqilmoqda.

obyektning maydoni 2650 kvadrat metrni tashkil qiladi, yotoqxona sig‘imi 100 kishiga mo‘ljallangan. Loyiha qiymati 15 milliard so‘mga baholanmoqda.

2019−2020-yillarda Toshkent sirkida kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgandi. Rekonstruksiya budjeti 46,63 milliard so‘mga baholangandi.