«Yuksalish» harakati Toshkent shahrining yangi hokimi birinchi navbatda qaysi muammolarni hal qilishi zarurligi haqida so‘rovnoma o‘tkazdi. Javoblar orasida qurilishga moratoriy e’lon qilish, kommunal xo‘jalik xizmatlari va jamoat transportini yaxshilash hamda hokimni saylash amaliyotini joriy etish takliflari bor.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasining muhim bandlari, gaz va elektrda o‘g‘rilik kattaligini aytgan prezident, Qamchiqda kutilayotgan sovuq ob-havo, IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik, o‘zbek-qirg‘iz chegarasini demarkatsiyalash muzokaralari boshlangani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Turkiyaning zilzila sodir bo‘lgan hududlarida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini qidirish ishlari olib borilmoqda. Ikki kishi bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lindi. Hozirda tabiiy ofat natijasida 3549 kishi qurbon bo‘ldi, 22,1 ming kishi jarohatlangan.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida kutilayotgan sovuqlar fonida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Qamchiq dovonida 8−9 fevral kunlari qor yog‘ishi, tuman tushishi va kuchli shamol esishi kutilmoqda.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvardan tibbiy ma’lumotnomalarni qog‘oz shaklda talab qilish taqiqlanadi. Bu amaliyot Navoiy, Sirdaryo, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 2023 yildan boshlanadi.
Xivadagi tarixiy Bog‘bonli masjidini ta’mirlash ishlari yakunlandi. Loyiha Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan YUNESKOning «Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Erondagi Ipak yo‘li merosi yo‘laklari — Yevropa madaniy meros yilining xalqaro o‘lchovi» tashabbusi doirasida amalga oshirildi.
O‘zbekistonga birinchi marta qonunga zid ravishda dron olib kirgan yoki undan foydalanganlarni ma’muriy javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Amalda esa mazkur huquqbuzarlik uchun faqat jinoiy javobgarlik — 3 yilgacha qamoq jazosi belgilangan.
Qoraqalpog‘istondagi og‘ir turmush sharoitidagi oilalarga tegishli uylarning tom qismini ta’mirlash (yopish), yashash uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uylarni yangidan qurish ishlarining parametrlari tasdiqlandi. Buyurtmachilarga elektron shaklda taklif bermasdan, eng yaxshi takliflarni aniqlash huquqi beriladi.
2-sonli Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov Respublika neyroxirurgiya ilmiy-amaliy markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasida O‘zbekistonda ishlashni istagan chet elliklarni bo‘sh ish o‘rinlariga chaqirishda maqsadga muvofiqlikni o‘rganish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda. Shuningdek, ular chetdan olib kelgan mashinani olib chiqib ketish muddati o‘tib ketgan bo‘lsa, yig‘im to‘lamasligi ham mumkin.
O‘zbekistonda mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy klonlash uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda, deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB.
Turkiyaning Malatya provinsiyasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi zilzila oqibatida halok bo‘ldi. Yana 4 nafar o‘zbekistonlik bedarak yo‘qolgan, ularni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Bronla.uz servisi dachalarni 2 daqiqada ham tanlab, ham bronlash imkoniyatini taqdim etadi.
2023 yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan respublikadagi barcha boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bepul ovqat bilan ta’minlanishi mumkin. Bu amaliyot dastlab Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda 2022 yilda 2021 yilga nisbatan YTHlar soni 1 foizga kamaydi. Ularda halok bo‘lganlar soni 3 foizga kamaygan bo‘lsa, jarohatlanganlar soni 4 foizga oshdi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati 2023 yilga borib YTH va o‘limlar sonini 15 foizga kamaytirishni maqsad qilgan.
Kosonsoy tumanidagi uyda portlash ro‘y berib, 5 kishi jarohat oldi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Angren shahrida 19 yoshli qiz xonadonida o‘zini osib qo‘ydi. Uni shahar Milliy gvardiyasida ishlovchi yigit fotosuratlarini tarqatish bilan qo‘rqitgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Kosonsoy tumanidagi uyda sodir bo‘lgan portlash sababli jarohatlangan 4 fuqaro shifoxonaga olib ketildi. Voqeani FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari o‘rganmoqda.
Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan 2023 yilgi davlat dasturiga ko‘ra, hozirda an’anaviy shaklda taqdim etilayotgan 200 ta davlat xizmati DXMlar hamda YAIDXP orqali ko‘rsatila boshlaydi. Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini qiyoslash proaktiv tarzda amalga oshirilishi kutilmoqda.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolari Turkiyada 6 fevral kuni sodir bo‘lgan zilzila markazlaridan biri — Qahramanmarash viloyatidan olib chiqildi. Ular Anqara-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatga qaytib keladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting