Dachaga tez-tez chiqib turadiganlar yaxshi bilishadi, tanlagan dachangiz siz bilan chiqayotgan oilangiz yoki o‘rtoqlaringizning hammasiga birdek yoqishi qiyin. Sababi, 100 km uzoqlikda joylashgan dachaga borib sifatini tekshirib kelishga yarim kuningiz ketadi, uzoqdan turib ko‘rmay olay desangiz, olgan dachangiz siz istagandek bo‘lib chiqmasligi mumkin. Bu yetmaganidek, dachani qimmat olib qo‘yishingiz, yoki firibgarning qo‘liga tushib qolishingiz ham ehtimoldan holi emas. Endi ushbu muammo va xatarlarning yechimi bor.

Bronla.uz sizga dacha qidirish va bron qilish jarayonni qulaylashtirib beradi. E’lonlar taxtasi yoki ijtimoiy tarmoqdagi kanallarga nisbatan Bronla.uz afzalliklari quyidagilardan iborat:

  1. Saytda dachani oila/kompaniya/mehnat jamoasining mezonlari asosida qidirish mumkin.
  2. Dachani xaritadagi lokatsiyaga qarab tanlasa ham bo‘ladi. Bunda foydalanuvchi uning aynan qayerda: tog‘, soy bo‘yi yoki dala-hovli mahallalarida joylashganligiga qarab tanlaydi.
  3. Xavfsizlik: saytdagi har bir dacha taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bo‘yicha tekshirilgan.
  4. Arzonroq: sayt maklerlar bilan ishlamaydi. Servisdagi hamma dachalar birinchi qo‘ldan ijaraga beriladi.
  5. Qulay bronlash: saytda dachalarni 2 daqiqada ham tanlab, ham bronlashingiz mumkin.

Bugungi kunda Bronla.uz ommalashib bormoqda va ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqaror o‘sishni qayd etmoqda. Masalan, so‘nggi chorakda foydalanuvchilar bazasi 350% ga o‘sdi. Prognozga ko‘ra, aprel oyiga borib sayt foydalanuvchilari soni yana 200%ga oshishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Bronla.uz mavsumdan tashqari hordiq madaniyatini targ‘ib qilish uchun dala-hovlilar hamjamiyatining yetakchilaridan biri sifatida ham ishlamoqchi. Asosiy maqsad — dachalarda hordiq chiqarish mavsumiyligini yiliga 12 oyga ko‘tarish. Bu esa o‘z yo‘lida dacha egalariga biznes harajatlarini tezroq qoplashiga va shu orqali xalq uchun dachalarning ijara narxini tushishiga olib keladi.

Sayt:bronla.uz
Telegram:t.me/bronla

Reklama.