Jamiyat

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi
6 fevral 2023, 17:59

FVV Andijondagi uchta xonadonda portlash yuz berganini rad etdi

FVV Andijon tumandagi uchta xonadonda portlash sodir bo‘lganini inkor etib, faqat xonadonlarning birida yong‘in kelib chiqqanini ma’lum qildi. Buning oqibatida uyning 50 kv. metr maydoniga zarar yetgan, jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

12 yoshli qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlandi
6 fevral 2023, 16:37

12 yoshli qizning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlandi

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizning jasadi topilgan tashlandiq hududni obodonlashtirish ishlari boshlandi. Hududdagi daraxtlarning ortiqcha shoxlari olinib, yo‘llar ochiladi, chiroqlar o‘rnatiladi. Avvalroq marhumaning buvisi ko‘chalar yoritilmasligi, kameralar yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

«Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid». Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifi haqida
6 fevral 2023, 15:42

«Bemor bergan mablag‘ni e’tirof etish mamlakat siyosatiga zid». Antikorrupsiya agentligi jamoatchilik kengashi SSV rahbarining taklifi haqida

SSV rahbari oyligi xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga «bemorga mehr bilan yondashsangiz, o‘zi sizga berib ketadi» mazmunida taklif bildirgandi. Antikorrupsiya agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashiga ko‘ra, bu mamlakat siyosatiga zid harakat va tizimga xalqning ishonchi kamayishiga sabab bo‘ladi.

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi
6 fevral 2023, 15:32

Nukus voqealari bo‘yicha yangi sud jarayoni boshlandi. 39 nafar sudlanuvchiga ayblov e’lon qilindi

O‘tgan yozda Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarda ishtirok etganlikda gumon qilingan yana 39 nafar fuqaro ustidan Buxoroda sud jarayoni boshlandi. Ular orasida bank huquqshunosi, advokat, jurnalistlar, haydovchilar, ishsizlar va boshqalar bor. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Toshkent va Jizzaxda sodir bo‘lgan 4 ta YTHda 4 kishi vafot etdi
6 fevral 2023, 13:54

Toshkent va Jizzaxda sodir bo‘lgan 4 ta YTHda 4 kishi vafot etdi

27−30 yanvar kunlari oralig‘ida Toshkent shahri va Jizzax viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq 4 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, 2 nafari jarohatlangan.

Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatadi
6 fevral 2023, 12:45

Fransiya kompaniyasi Toshkentdagi obyektlarga quyosh panellari o‘rnatadi

Toshkent shahri hokimi o‘rinbosarlari Fransiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda poytaxtdagi qator obyektlarga quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. «Loyihaning texnik, iqtisodiy va huquqiy hujjatlari takomiliga yetkazilmoqda», — deyiladi axborotda.

Hafta yarmidan havo yana soviy boshlaydi
6 fevral 2023, 12:30

Hafta yarmidan havo yana soviy boshlaydi

O‘zbekistonda 6−8 fevral kunlari havo iliq bo‘ladi. Harorat +20 darajagacha ko‘tariladi. Biroq hafta o‘rtasida mamlakatga Rossiyadan sovuq antitsiklon kirib keladi. Kunduzi harorat −2 daraja, kechasi -12 darajagacha pasayishi mumkin.

Foto: Benzinga navbat
6 fevral 2023, 12:13

Foto: Benzinga navbat

Avvallari yilda bir yo ikki marta ro‘y beradigan narx o‘sishi arafasida kuzatiladigan, so‘nggi 5−6 yilda esa “avvalgi zamon"da qolib ketgandek tuyulgan benzinga navbatlar bu yilgi qish mavsumida yana kun tartibiga qaytdi. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkent AYoQShlardagi navbatlarni fotosuratlarga muhrladi.

O‘zbekistondan AQSh vizasi uchun berilgan arizalarning 47 foizi rad etildi
6 fevral 2023, 11:30

O‘zbekistondan AQSh vizasi uchun berilgan arizalarning 47 foizi rad etildi

AQSh 2022 yilda turistik va ishbilarmonlik vizasi uchun o‘zbekistonliklar topshirgan arizalarning 47 foizini rad etdi, bu 2021 yilga nisbatan yomonroq, biroq avvalgi yillarga qaraganda yaxshiroq ko‘rsatkich sanaladi.

Namanganda fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi virtual guruh ochganlikda gumonlanmoqda
6 fevral 2023, 11:00

Namanganda fuqaro ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi virtual guruh ochganlikda gumonlanmoqda

Namanganda fuqaro Telegram`da ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi 9 kishilik guruh ochib, unda Suriyadagi «Tavhid va jihod katibasi» terroristik tashkiloti safiga qo‘shilishga da’vat qilib kelgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Qashqadaryoda «Agrobank» filiali mansabdorlari salkam 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda
6 fevral 2023, 10:35

Qashqadaryoda «Agrobank» filiali mansabdorlari salkam 4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgani aytilmoqda

«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Polat Shamshetov yurak xurujidan vafot etgan — Bosh prokuratura
6 fevral 2023, 10:22

Polat Shamshetov yurak xurujidan vafot etgan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov o‘limi yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasi natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra marhum o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir yurak-qon tomiri yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan.

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 5 kishi vafot etdi
6 fevral 2023, 09:59

Qoraqalpog‘istondagi YTHda 5 kishi vafot etdi

Qo‘ng‘irot tumani «Jasliq» posyolka fuqarolar yig‘inida Nexia 3 va yuk mashinasi o‘rtasida avtohalokat yuzaga kelib, 5 nafar odam vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi». SSV rahbari — shifokorlarning oyligi kamligiga yechim haqida
6 fevral 2023, 09:44

«O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi». SSV rahbari — shifokorlarning oyligi kamligiga yechim haqida

Sog‘liqni saqlash vaziri oyligi kundalik xarajatlariga yetmayotgan shifokorlarga kutilmagan taklif bilan chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bemor mehr bilan davolansa, o‘zi rozi bo‘lib, barakasini berib ketadi. «O‘zini brendini yaratsa, xalqning o‘zi boqadi», — dedi Amrillo Inoyatov.

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi
5 fevral 2023, 21:59

Sirdaryoda yovvoyi to‘ng‘izning odamlarga hujum qilgani rad etildi

Sirdaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi tarmoqlarda yovvoyi to‘ng‘iz odamlarga hujum qilgani haqidagi videoxabar bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, o‘tgan yil oktabrida Guliston tumanida haqiqatdan ham bir bosh yovvoyi to‘ng‘iz ovlanib, traktorda sudrab olib ketilgan, biroq qolgan kadrlar montajda qo‘shilgan.

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi
5 fevral 2023, 12:13

Farg‘onada 2023 yil oxirigacha 100 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida 98 mln dollar evaziga quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov loyihani 2024 yil 2-choragida emas, balki 2023 yil oxirigacha yakunlash kerakligini aytib, buning uchun har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilishini bildirdi.

Andijonda yuk mashinasi bosib ketgan ayol vafot etdi
5 fevral 2023, 11:12

Andijonda yuk mashinasi bosib ketgan ayol vafot etdi

Andijon tumanida yuk mashinasi haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 21 yoshli ayolni bosib ketdi. Ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan u shifoxonada vafot etdi.

Buxoroda fuqarolarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi
5 fevral 2023, 10:32

Buxoroda fuqarolarga noqonuniy diniy ta’lim berayotgan shaxslar aniqlandi

Peshku tumanida ikki shaxs 28 kishiga, yana biri 8 kishiga arab tili bahonasida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotgani aniqlandi. Ular faoliyati taqiqlangan Sodiq Samarqandiyning ma’ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelgani ham ma’lum bo‘ldi.

Samarqandda bankomatni o‘g‘rilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi
5 fevral 2023, 10:10

Samarqandda bankomatni o‘g‘rilab ketgan shaxslar qamoqqa olindi

Kattaqo‘rg‘on tumanida bir guruh shaxslar ichida 720 mln so‘m bo‘lgan bankomatni o‘g‘rilab ketdi. Surishtiruv davomida apparat bo‘laklari tashlandiq joydan topildi. Holat bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olindi.

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov vafot etdi
4 fevral 2023, 22:28

Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i, Qoraqalpog‘istonning birinchi prezidenti Dauletbay Shamshetovning o‘g‘li Polat Shamshetov taxminan yurak xurujidan vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha aybdor deb topilib, 6 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting