Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFYda 7 fevral kuni portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 07:30 da Navbahor ko‘chasi raqamsiz yashash uyida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda 4 nafar fuqaro jarohat olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda chaqnash oqibatlari bartaraf etilmoqda. Voqea joyiga FVB, IIB, SSB, prokuratura hamda «Hududgazta’minot» xodimlari chiqqan.