Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Nurobod» MFYda 7 fevral kuni portlash sodir bo‘lgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot e’lon qildi.

Keltirilishicha, tumandagi xonadonlarning birida chaqnash yuz bergan. Oqibatda 5 nafar shaxs (FVV bergan dastlabki ma’lumotda 4 nafar edi) turli tan jarohati olgan. Ko‘rsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan, 1 nafari shifoxonada vafot etgan.

Holat yuzasidan Kosonsoy tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi «a» bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.