Jamiyat

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi
9 mart 2023, 15:03

Jurnalist va shoir Akmal Toshev vafot etdi

Jurnalist va shoir Akmal Toshev 37 yoshida vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi. U shu paytga qadar “Inson va qonun” gazetasi va “Huquq va burch” jurnali birlashgan tahririyatida bosh mutaxassis vazifasida ishlab kelayotgandi.

King Long kompaniyasi Toshkentga 200 ta 18 metrli avtobusni mart-may oylarida yetkazib beradi
9 mart 2023, 14:43

King Long kompaniyasi Toshkentga 200 ta 18 metrli avtobusni mart-may oylarida yetkazib beradi

Xitoyning King Long kompaniyasi O‘zbekistonga 200 ta 18 metrli «garmoshkali avtobus»ni mart-may oylarida yetkazib berishi kutilmoqda. Dastlabki partiyani ishlab chiqarish jarayonlari yakunlandi.

Qo‘yliq metro bekati 8 kunga yopiladi
9 mart 2023, 12:35

Qo‘yliq metro bekati 8 kunga yopiladi

Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 mart, shanba kunidan keyingi shanba kuniga qadar vaqtincha yopiladi. Yo‘lovchilar uchun 6 va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus qo‘yib beriladi.

Toshkentda fuqaroni AQShga noqonuniy tarzda jo‘natmoqchi bo‘lgan talaba ushlandi
9 mart 2023, 12:21

Toshkentda fuqaroni AQShga noqonuniy tarzda jo‘natmoqchi bo‘lgan talaba ushlandi

Toshkent shahrida fuqaroni 20 ming dollar evaziga Meksika orqali AQShga yuborishini va’da qilgan Jahon tillari universiteti talabasi va boshqalar qo‘lga olindi.

Aleksandr Nechayev yurak xastaligidan vafot etgan — Bosh prokuratura
9 mart 2023, 11:50

Aleksandr Nechayev yurak xastaligidan vafot etgan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura Toshkentda o‘lik holda topilgan rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan vafot etganini ma’lum qildi.

Andijonda ayol o‘zini yoqib yuborishi oqibatida vafot etdi
9 mart 2023, 11:25

Andijonda ayol o‘zini yoqib yuborishi oqibatida vafot etdi

Jalaquduq tumanida 23 yoshli ayol ustidan benzin qo‘yib, o‘zini yoqib yubordi. U ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Suiqasd sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi
9 mart 2023, 09:29

Sirdaryodagi o‘rmon xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetdi

Sirdaryo tumanidagi «Qolgansir» davlat o‘rmon ov xo‘jaligida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida tabiatga salkam 500 mln so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Hodisaga fermerlarning sholidan bo‘shagan yerda o‘simlik qoldiqlarini yoqqani sabab bo‘lgan.

Prokuratura rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev vafoti yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda
8 mart 2023, 21:55

Prokuratura rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev vafoti yuzasidan tekshiruv o‘tkazmoqda

Toshkentda rossiyalik 37 yoshli jurnalist Aleksandr Nechayev o‘lik holda topilgandi. Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

O‘zbekiston tarixidagi ilk kashshof ayollar
8 mart 2023, 21:10

O‘zbekiston tarixidagi ilk kashshof ayollar

Xalqaro xotin-qizlar kuni — ayollarning professional yutuqlarini eslash fursati. “Gazeta.uz” O‘zbekiston tarixida o‘z kasbining kashshoflari bo‘lgan olti nafar ayol haqida hikoya qiladi.

Toshkentda rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev o‘lik holda topildi
8 mart 2023, 20:26

Toshkentda rossiyalik jurnalist Aleksandr Nechayev o‘lik holda topildi

Rossiyaning «Byulleten kinoprokatchika» jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi u vaqtincha yashayotgan Toshkentdagi kvartirasidan topilgani aytilmoqda. 37 yoshli jurnalist o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

Davlat xizmatchilarida ovqat hazm qilish, asab, yurak-qon tomir kasalliklari va semizlik eng ko‘p aniqlanmoqda
8 mart 2023, 19:41

Davlat xizmatchilarida ovqat hazm qilish, asab, yurak-qon tomir kasalliklari va semizlik eng ko‘p aniqlanmoqda

O‘zbekiston bo‘ylab salkam 6 ming nafar davlat xizmatchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ular orasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak-qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.

Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyoti aeroportda 4 soat qolib ketdi
8 mart 2023, 14:48

Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyoti aeroportda 4 soat qolib ketdi

Toshkentdan Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti 210 nafar yo‘lovchi bilan aeroportda 4 soat davomida qolib ketdi. Voqeaga sabab deya ob-havo sharoitining talabga javob bermagani, shuningdek, bortdagi ayol o‘zini yomon his qila boshlagani keltirildi.

Foto: Bahor darakchilari
8 mart 2023, 13:57

Foto: Bahor darakchilari

O‘zbekistonda — bahor va “har bahorda shu bo‘lar takror”: o‘riklar (va nafaqat o‘riklar) gullagan, yam-yashil o‘tloqlarda momaqaymoqlar sap-sariq bo‘lib bo‘y cho‘zgan, ularning ustida esa qishki uyqudan uyg‘ongan tabiat ramzi o‘laroq xonqizilarni ko‘rasiz. “Gazeta.uz"dan bahoriy fotojamlanma.

Saida Mirziyoyeva: «Xotin-qizlarimiz zo‘ravonlik va zulm obyekti bo‘lmasin»
8 mart 2023, 13:30

Saida Mirziyoyeva: «Xotin-qizlarimiz zo‘ravonlik va zulm obyekti bo‘lmasin»

Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarni tabrikladi. U xotin-qizlar zo‘ravonlik, zararli stereotiplar va kamsituvchi muomala obyekti bo‘lmasligini ta’kidladi. «Ular tabiiy ravishda jamiyatning teng huquqli a’zosi bo‘lsin, deyman» — dedi u.

«O‘zbekiston ayoli — o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» ko‘rgazmasidan fotoreportaj
8 mart 2023, 12:42

«O‘zbekiston ayoli — o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» ko‘rgazmasidan fotoreportaj

Toshkent fotosuratlar uyida «O‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida» mavzusida ko‘rgazma ochildi. Unda o‘zbek xotin-qizlari aks etgan 200 dan ziyod fotosurat namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, ular orasida ilk bor jamoatchilik e’tiboriga havola qilinayotgan o‘nlab kadrlar bor. Ko‘rgazma 11 martgacha davom etadi.

O‘zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar bor?
8 mart 2023, 10:51

O‘zbekistonda ayollarga qanday imtiyozlar bor?

O‘zbekiston Adliya vazirligi qonunchilikda ayollarga qanday imtiyoz va yengilliklar ko‘rsatib o‘tilgani bo‘yicha ma’lumot berdi.

Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi
8 mart 2023, 09:52

Surxondaryoda «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi

Surxon davlat qo‘riqxonasida «Qizil kitob»ga kiritilgan morxo‘r otib o‘ldirildi. Oqibatda yovvoyi hayvonot dunyosiga 180 mln so‘m zarar yetdi. Uni ovlaganlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

7 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 mart 2023, 22:20

7 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Xotin-qizlarni 8 mart bayrami bilan tabriklagan Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida o‘z o‘rnini yaxshilagani, vizasiz borish mumkin bo‘lgan davlatlar, Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgan «elektroset» yuristi qamoqqa olingani va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Qirg‘iziston piyoz va sarimsoq eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qildi
7 mart 2023, 20:37

Qirg‘iziston piyoz va sarimsoq eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qildi

Qirg‘iziston hukumati piyoz va sarimsoq eksportiga qo‘yilgan taqiqni muddatidan oldin bekor qildi. Cheklovlar kutilgan uch oy o‘rniga bir oydan sal ko‘proq vaqt davomida amal qildi.

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi
7 mart 2023, 18:00

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi

Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yakunlandi. Noyabr oyida uning ochilishida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishtirok etgandi. Shu vaqt oralig‘ida ekspozitsiyaga 260 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting