Jamiyat

O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi
13 fevral 2021, 15:02

O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan O‘tkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi
13 fevral 2021, 14:55

Namanganda avtobusdan tushib ketgan yo‘lovchi vafot etdi

Namangan shahrida avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobusni eshigini yopmay, harakatni davom ettirgan. Eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi, eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar
13 fevral 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: stakandagi desertlar

Zira.uz porsiyalarga bo‘lingan noodatiy va juda mazali desertlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi
12 fevral 2021, 22:54

O‘zbekistonning bir qancha hududlarida yer qimirladi

12-fevral kuni epitsentri Tojikistonda joylashgan zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Jumladan, epitsentrdan 499 km uzoqlikdagi Toshkentda 2−3 ballik silkinish qayd etildi.

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev
12 fevral 2021, 18:16

«Qiynoqlar aniqlanmayotganiga sabab qamoqxonalardagi tibbiy xodimlar IIVga bo‘ysunadi» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev Ombudsmanning 2019 yilgi hisobotida 139 nafar mahbusdan qiynoqlar bilan bog‘liq shikoyat kelganini, lekin ular tasdiqlanmaganini qayd etdi. Bunga «Qamoqxonalardagi tibbiy xizmat IIVga bo‘ysunishi» sabab bo‘layotgani ta’kidlandi. U qamoqxonalardagi tibbiy xizmatni Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufiga o‘tkazish bo‘yicha ombudsmanning o‘tgan yilgi taklifi ochiq qolganini ta’kidladi.

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi
12 fevral 2021, 16:51

Beruniy tumanida 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlar talon-toroj qilingani aniqlandi

«Qoraqalpoqagrokimyohimoya»ning Beruniy tumani filiali mansabdorlari 872,4 mln so‘mlik mineral o‘g‘itlarni talon-toroj qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident
12 fevral 2021, 15:54

IIB odamlar bilan onlayn muloqot qiladigan dastur yaratish kerak — prezident

Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi
12 fevral 2021, 15:20

“Voqea joyida sudlanuvchilarning hech birini ko‘rmaganman” — “So‘x voqealari” bo‘yicha sudda guvoh ko‘rsatuvi tinglandi

“So‘x voqealari” bo‘yicha navbatdagi sud majlisida besh nafar jabrlanuvchi va bir nafar guvohning ko‘rsatuvi tinglandi. “Sudlanuvchilarning hammasini taniyman. Lekin voqea joyida ularning hech birini ko‘rmaganman”, — dedi guvoh. Jabrlanuvchilarning ikki nafari esa ayblanuvchilarni voqea joyida bo‘lmaganini, ulardan shikoyati yo‘qligini aytdi.

Dam olish kunlari quruq va iliq havo saqlanib turadi
12 fevral 2021, 15:11

Dam olish kunlari quruq va iliq havo saqlanib turadi

O‘zbekiston bo‘ylab dam olish kunlari iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati bahoriy ko‘rsatkichlarga qadar ko‘tariladi.

Samarqandda konservadan 5 kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi
12 fevral 2021, 14:39

Samarqandda konservadan 5 kishi zaharlandi, bir kishi vafot etdi

Samarqand viloyatida 5 nafar fuqaro uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotini iste’mol qilib zaharlandi. Ulardan 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro vafot etdi. Qolgan shaxslar jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.

Avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari fuqarolarning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi
12 fevral 2021, 13:57

Avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari fuqarolarning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi

Kam foizli avtokredit taqdim etuvchi korxona rahbari 100 dan ortiq fuqaroning 713 mln so‘mini o‘zlashtirgani aniqlandi. Unga nisbatan firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Samarqandda ish vaqtida halok bo‘lgan ikki ishchining oilasiga tovon pullari to‘lanmayotgani ma’lum qilindi
12 fevral 2021, 13:33

Samarqandda ish vaqtida halok bo‘lgan ikki ishchining oilasiga tovon pullari to‘lanmayotgani ma’lum qilindi

Samarqandda maktab qozonxonasida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada o‘t yoquvchi halok bo‘lgan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi esa quvurda ishlayotganda ustiga chiqindi va suv kelib qolishi oqibatida suv ostida qolib vafot etgan. Har ikki holatda ham marhumlarning yaqinlariga bir martalik nafaqa va oylik tovon pullari to‘lab berilmagan. Viloyatda mehnat xavfsizligi borasida qator qoidabuzarliklar aniqlangan.

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri
12 fevral 2021, 12:09

«Yotoqxonalarda o‘g‘il bolalar va qizlarning bitta qavatda yashashi juda uyatli» — oliy ta’lim vaziri

Abduqodir Toshqulov OTMlar talabalar turar joylarida qizlar va o‘g‘il bolalarning bir qavatda joylashtirilganligini tanqid qildi. U bino bitta bo‘lgan taqdirda, ikkita kirish va chiqish joyi qilish mumkinligini ta’kidladi.

O‘zbekistonlik paraatletlar BAAda yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi
12 fevral 2021, 11:20

O‘zbekistonlik paraatletlar BAAda yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik paralamiyachilar yengil atlektika bo‘yicha Dubaydagi musobaqaning ikkinchi kunida yana ikkita oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi jamoada sakkizta medal bor.

Navoiyda «Cobalt» va «Tico» to‘qnashib, yonib ketdi. 2 kishi vafot etdi
12 fevral 2021, 10:30

Navoiyda «Cobalt» va «Tico» to‘qnashib, yonib ketdi. 2 kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «Cobalt» qarama qarshi yo‘lga chiqib ketib ketib, «Tico» bilan to‘qnashuv sodir etdi. YTH oqibatida mashinalar yongan va «Tico» dagi ikki nafar fuqaro vafot etgan.

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi
11 fevral 2021, 23:13

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondiga yangi direktor tayinlandi

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori etib Akbar Rizayev tayinlandi. U bunga qadar AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 51-o‘rinni egalladi
11 fevral 2021, 21:15

O‘zbekiston dunyoning eng kuchli armiyalari reytingida 51-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli armiyalarning Global Firepower 2021 reytingida 136 ta davlat orasida 51-o‘rinni egalladi.

Qo‘qon davlat pedagogika institutining «chastnaya lavochka»dan farqi yo‘q — vazir
11 fevral 2021, 19:56

Qo‘qon davlat pedagogika institutining «chastnaya lavochka»dan farqi yo‘q — vazir

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Qo‘qon davlat pedagogika institutidagi muammolarga to‘xtalib, institutning «chastnыy lavochka»dan farqi yo‘qligini aytdi. Hisobida 100 mlrd so‘m bo‘lishiga qaramasdan, eshik-romlar «kolxoz» idorasinikidan battar ekani, talabalar parta-stullarda o‘tirib bo‘lmasligidan shikoyat qilayotganini aytdi. Rektor xayfsan oldi, bir prorektor ishdan bo‘shatildi. Qolgan prorektorlarga esa bir oy muddat berildi.

2023 yildan boshlab O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi
11 fevral 2021, 18:35

2023 yildan boshlab O‘zbekistonda mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi

2022 yil 1 yanvardan boshlab uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aksiz solig‘i stavkasi 10% etib belgilanadi. 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i bekor qilinadi.

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi
11 fevral 2021, 18:21

Saidjamol Sultonov Bektemir tumaniga hokim bo‘ldi

Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Saidjamol Sultonov Bektemir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting