Toshkent shahrida Rossiyaning «Byulleten kinoprokatchika» jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayevning jasadi topildi. Bosh prokuratura 36 yoshli jurnalistning vafoti bo‘yicha tekshiruv boshladi. Bosh prokuratura matbuot kotibi dastlabki sud-tibbiyot ekspertizasi xulosalarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jurnalistning o‘limi «surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi»dan kelib chiqqan. Uning tanasi ko‘zdan kechirilganda tan jarohatlari aniqlanmagan.

Tekshirish davom etmoqda.