Shavkat Mirziyoyev 8 mart munosabati bilan bir guruh xotin-qizlarni mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarni turli unvon, orden va medallar bilan mukofotladi. Shuningdek, 28 nafar ayol-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

«Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi» — prezident

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ayollarni ushbu bayram bilan tabrikladi. «Oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi», — dedi u o‘z nutqida.

Konstitutsiyada «xalq sog‘lig‘i va ma’naviyatini himoya qilish» maqsadida axborotni tarqatish cheklashini mumkin

Konstitutsiyaning 29-moddasini «axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni xalqning sog‘lig‘i va ma’naviyatini himoya qilish maqsadida cheklash» bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Shunga qaramasdan, fikr yuritishni cheklash bilan bog‘liq norma uni nazorat qilish imkonsizligi sababli chiqarib tashlanmoqda.

O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?

O‘zbekiston Iqtisodiy erkinlik indeksida o‘z o‘rnini 8 pog‘onaga yaxshilagan holda 109-o‘rinni egalladi. Mamlakat soliq yuki, investitsiyalar va savdo erkinligi bo‘yicha ilgariladi, lekin davlat xarajatlari va fiskal siyosat borasidagi holati yomonlashdi.

Luvrdagi O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini 260 mingga yaqin kishi tomosha qildi

Parijdagi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma yakunlandi. Noyabr oyida uning ochilishida Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron ishtirok etgandi. Shu vaqt oralig‘ida ekspozitsiyaga 260 mingdan ortiq kishi tashrif buyurdi.

O‘zbekiston qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonga Turkiston silovsini va Buxoro bug‘ulari tushdi

Tabiat resurslari vazirligi Zomin va Qizilqum qo‘riqxonalaridagi fotoqopqonga tushib qolgan Turkiston silovsini va Buxoro bug‘ulari hamda pushti saqoqushlar suratlarini namoyish etdi. Ularning barchasi O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan.

Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

2022 yilda chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan 43 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Xususan, ular Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyadan olib kelingan.

Bolani chet elda nazoratsiz qoldirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda

Senatorlar bolani xorijda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni belgilovchi o‘zgartirishlarni ma’qulladi.

O‘zbekistonliklar qaysi davlatlarga vizasiz borishi mumkin?

Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqishda viza talab etilmaydigan va vizasiz belgilangan muddatlarda yurish mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Qoraqalpog‘istonda sifatsiz oziq-ovqatlar tarqatilgan maktablar direktorlari jarimaga tortildi

Senat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston va Xorazm maktablarida o‘quvchilarga bepul ovqat berish tizimini o‘rgandi. Ishlab chiqarish muddati yo‘q mahsulotlar olingani, sifat nazorati jurnali yuritilmagani aniqlandi. Zararlangan oziq-ovqat tarqatilgan Kegeylidagi maktablar direktorlari jarimaga tortildi.

Samarqandda hamkasbini to‘shakka taklif qilgan «elektroset» yuristi qamoqqa olindi

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Samarqand filiali yuristi ayol hamkasbini to‘shakka taklif etib, unga tahdid qilishi ortidan ishdan olingandi. Viloyat prokuraturasiga ko‘ra, yurist juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish va hujjatlarni qalbakilashtirish kabi jinoyatlarda gumonlanib, qamoqqa olindi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari O‘zbekistonga keladi

Kelasi hafta O‘zbekistonga BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk tashrif buyuradi. Uning qator davlat organlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayohat amalga oshirildi

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil» dasturi doirasida 2022 yilda 11,4 millionta ichki sayyohat amalga oshirildi. Bu 2021 yilga qaraganda 1,9 barobar ko‘p.

Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor tayinlandi

Hukumat qarori bilan Shamsiddin Sultonov Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markaziga direktor etib tayinlandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

Toshkentda dunyodagi eng yirik dializ markazlaridan biri ochilishi kutilmoqda. Kompaniya rahbari bilan suhbatlashdik

Toshkentda 160 o‘ringa mo‘ljallangan dializ markazi ochilishi kutilmoqda. Unda yiliga 1000 dan ortiq bemorlar gemodializ muolajasini olish imkoniga ega bo‘ladi. «Gazeta.uz» NephroPlus kompaniyasi O‘zbekistondagi filiali rahbariga buyrak yetishmovchiligiga chalingan bemorlarning savollari bilan murojaat qildi.