Jamiyat

Kuyov monologi
28 fevral 2023, 21:00

Kuyov monologi

«Uylanishga sarf bo‘ladigan pulning hisobi chiqdi. Miqdorini aytmay, qo‘rqib ketasiz. Faqat bir narsani aytishim mumkin: hozir 25 daman. Sovxozda mexanizatorman, maoshim tuzuk. Tejamkorlik bilan jamg‘arsam, pulni to‘plash uchun yana 19 yil-u 9 oy kerak ekan […] Demak, 45 yoshimda nikoh to‘yimiz bo‘larkan».

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi
28 fevral 2023, 19:57

Toshkent hokimligi «Rosatom» konstruktorlik byurosiga infratuzilma sohasida hamkorlikni taklif qildi

Toshkent hokimligi «Rosatom»ning energiya samaradorligi va infratuzilma yechimlari loyiha byurosini O‘zbekiston poytaxtining elektr va issiqlik ta’minotini yaxshilash hamda kommunal infratuzilmani modernizatsiya qilishga jalb etmoqchi.

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi
28 fevral 2023, 19:20

Yaponiya O‘zbekistondagi uchta ta’lim muassasasiga grant ajratdi

Yaponiya O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Urganchdagi maktabda sanitariya holatini yaxshilash hamda Termizdagi ikkita bog‘chani o‘quv jihozlari bilan ta’minlash uchun grantlar ajratdi.

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi
28 fevral 2023, 19:04

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida 356 abituriyentning ballari o‘zgartirilgani aniqlandi

O‘zDJTSU Farg‘ona filialida o‘tkazilgan kasbiy imtihonlarda 356 nafar abituriyent to‘plagan ballarga soxta yozuvlar kiritilib, ularning 322 nafariga ball qo‘shib berilgani, 34 nafarining ballari esa kamaytirilgani aniqlandi. Natijada yuqori ball to‘plagan 145 nafar abituriyent o‘qishga kira olmagan.

Dauletmurat Tajimuratovning advokati Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini kiritdi
28 fevral 2023, 17:03

Dauletmurat Tajimuratovning advokati Oliy sudga apellyatsiya shikoyatini kiritdi

Qoraqalpog‘istondagi iyul voqealari bo‘yicha jinoiy ishda sudlangan Dauletmurat Tajimuratovning ukasi va advokati Rinat Tajimuratov O‘zbekiston Oliy sudiga apellyatsiya shikoyatini kiritdi. U jazoni yengilrog‘iga almashtirish va moddiy zararni to‘lashdan ozod qilishni so‘radi.

Food City bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasini e’lon qildi
28 fevral 2023, 17:00

Food City bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasini e’lon qildi

1−8 mart kunlari Food City savdo majmuasida bahorgi yarmarka va chegirmalar aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Samarqanddan Toshkentga olib kelinayotgan qariyb 2,6 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi
28 fevral 2023, 15:54

Samarqanddan Toshkentga olib kelinayotgan qariyb 2,6 tonna iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi

Samarqand-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu Sirdaryo yo‘l-patrul xizmati maskanida to‘xtatilganda unda iste’molga yaroqsiz salkam 2,6 tonna go‘sht borligi aniqlandi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Samarqandda o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtgan direktorning ozodligi 2 yilga cheklandi
28 fevral 2023, 15:39

Samarqandda o‘quvchini urib, quloq pardasini yirtgan direktorning ozodligi 2 yilga cheklandi

Urgut tumanidagi maktabda direktor o‘quvchini urgani oqibatida bolaning quloq pardasi yirtilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, sobiq direktorga nisbatan 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, uning 3 yilga ta’lim sohasida mansabdor sifatida ishlashi taqiqlandi.

Davlat organlari o‘rtasida xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi
28 fevral 2023, 15:07

Davlat organlari o‘rtasida xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi. Davlat nazorati organlari o‘rtasida yuqori xavf tug‘diradigan mahsulot haqida tezkor xabar berish tizimi yaratiladi.

Toshkent ramzlariga chizgilar: “O‘zbekiston” mehmonxonasi
28 fevral 2023, 15:00

Toshkent ramzlariga chizgilar: “O‘zbekiston” mehmonxonasi

“O‘zbekiston” mehmonxonasi — Toshkentning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biri. Ushbu inshoot qisqa vaqt ichida poytaxt ramziga aylanib ulgurdi. “Gazeta.uz” toshkentliklar erkalab “Uzbechka” deb ataydigan mehmonxona ramzlari va unga 50 yil davomida kiritilgan me’moriy o‘zgarishlar haqida hikoya qiladi.

Kelajakka maktub
28 fevral 2023, 13:40

Kelajakka maktub

«Oramizda bitta-yarimta shunaqa, yomon yaradek bema’ni odamlar ham bo‘lgan […] Xullas, sen tug‘ilguncha ana shunday oltinchi barmoqdek ortiqcha kishilarni oramizda qoldirmaslikka so‘z beramiz […] Bizdan va biz yashayotgan davrning eng yaxshi kishilaridan ulug‘ jamiyatning grajdanlariga salom ayt!»

O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshmaydigan bo‘ldi
28 fevral 2023, 13:31

O‘zbekistonda 1 martdan Ai-80 benzini narxi oshmaydigan bo‘ldi

Prezident qarori bilan AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirildi. Shunga ko‘ra, benzin narxi mart oyidan oshmaydi.

1 martdan yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlanadi
28 fevral 2023, 13:17

1 martdan yovvoyi hayvon va qushlarni ovlash mavsumi yakunlanadi

28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.

Qoraqalpog‘istonda komissiya uchun xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi
28 fevral 2023, 11:58

Qoraqalpog‘istonda komissiya uchun xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yiqqan maktab direktori ishdan bo‘shatildi

Xo‘jaylidagi 21-maktab direktori xodimlardan komissiya uchun 20 ming so‘mdan yiqqani sababli ishdan bo‘shatildi. Mablag‘ bannerlarni yangilash maqsadida yig‘ilgani aytilmoqda, ammo xodimlar pul komissiyani ovqatlantirish uchun sarflanishini bildirdi.

Navoiyda prokuratura noziri, Jizzaxda sud xodimi, Samarqandda esa Milliy gvardiya qorovuli ushlandi
28 fevral 2023, 11:46

Navoiyda prokuratura noziri, Jizzaxda sud xodimi, Samarqandda esa Milliy gvardiya qorovuli ushlandi

DXX xodimlari prokuratura, sud, Milliy gvardiya va advokatura xodimlarini qo‘lga oldi. Ularga firibgarlik, pora olish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi
28 fevral 2023, 10:23

Axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarida axborot texnologiyalari sohasida o‘qiyotgan yoshlarga ta’lim kreditlari ajratiladi. Ular BHMning 65 baravarigacha bo‘lgan miqdorda 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatgacha 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan shaxslarga beriladi.

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi
28 fevral 2023, 10:15

Namanganda Damas`da 25 nafar bog‘cha bolasi olib ketilayotgani aniqlandi

Namangan tumanida Damas haydovchisi qoidalarga zid ravishda 25 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgani aniqlandi. Unga ogohlantirish berilib, o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rildi.

Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda
28 fevral 2023, 09:22

Toshkent viloyatida tergovchi va qorovul $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Ohangaron shahri prokuraturasi tergovchisi va qorovuli $9 ming bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda. Ular fuqaroga jinoyat ishini yengillashtirib, ijobiy hal qilib berishini bildirgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

27 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
27 fevral 2023, 22:31

27 fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Martdan Ai-80 benzini narxi oshishi, davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadigan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kaltaklangan tez yordam mashinasi haydovchisi, yangi lavozimda ish boshlagan To‘ra Bobolov, Qatar amiriga prezident maktubini yetkazgan Sardor Umurzakov va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi
27 fevral 2023, 22:12

Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi

28 fevraldan Toshkentdagi qator avtobus yo‘nalishlarining oraliq harakati o‘zgartiriladi. Ularning asosiy qismi yangi tashkil etilgan chorrahalar orqali o‘tadigan bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting