Toshkent shahrida fuqarolarni noqonuniy yo‘l bilan AQShga jo‘natishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya xabar qilmoqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi B.J. va boshqalar fuqaro E.N.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 20 000 AQSh dollari evaziga Meksika davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborishini va’da qilib, shundan 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.