3 mart kuni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi piyoz va sarimsoq eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘istondan keyin Qirg‘iziston ham 31 yanvardan piyoz eksportini uch oyga cheklab qo‘ygan edi. Biroq chora bir oydan sal ko‘proq vaqt davomida amalda bo‘ldi.

Ekonomist.kg xabariga ko‘ra, fevral oyi oxirida Qishloq xo‘jaligi vazirligi yuqoridagi taqiqni bekor qilish taklifi bilan chiqqan. Agentlik Qirg‘iziston fuqarolari va tashkilotlarining piyoz yetishtiruvchi talablarini qondirdi. Ularning fikricha, mamlakatda ichki bozordagi talabni qondirish uchun yetarli mahsulotlar mavjud.

Bugungi kunda Qirg‘iziston aholisining piyozga bo‘lgan ehtiyoji oyiga 6 ming tonnani tashkil etadi. Ayni paytda fermerlarda 50 ming tonnaga yaqin zaxira mavjud, bu esa o‘z navbatida bu hajm aholining 2−2,5 oylik ehtiyojini qoplaydi, deya ta’kidladi nashr.

Piyoz va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga cheklovlar Qozog‘iston, Tojikiston, Eron va O‘zbekiston tomonidan ham kiritilgan.

Yanvar oyida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ochiq bozorlarda saqlanayotgan piyoz muzlab qolganini тасдиқлаганedi. Uning narxining oshishiga yoqilg‘i yetishmasligi sababli yetkazib berishdagi uzilishlar ham ta’sir ko‘rsatdi. Shu munosabat bilan uning eksporti to‘rt oyga cheklandi.

Yanvarda O‘zbekistonda piyoz narxi 44,7 foizga, fevralda esa 9,8 foizga (12 oy ichida 3 marta) qimmatlashgan.