Toshkent metropolitenining 7-bekati (Qo‘yliq) 11 martdan 18 martga qadar vaqtincha yopiladi.

Metropoliten matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bu vaqtda «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi 6- va 7-bekatlari oralig‘idagi yer ustki qismida Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan «Qo‘yliq» dehqon bozori tomon qurilayotgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining qurilish ishlari yakunlanadi.

Yo‘nalishdagi poyezdlar harakati «Do‘stlik-2» bekati bilan 6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Yo‘lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig‘ida qo‘shimcha avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.