Toshkent fotosuratlar uyida 6 mart kuni «O‘zbekiston ayoli — o‘tmish, nafosat, kelajak ramzi» nomli an’anaviy fotoko‘rgazma ish boshladi. Bu yil «O‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida» degan mavzuga bag‘ishlangan ko‘rgazma «O‘zarxiv» agentligi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz»
Ko‘rgazmada O‘zbekiston xotin-qizlarining mustaqillikkacha va mustaqillik davridagi ilm-fandagi faoliyatlari aks etgan 200 dan ortiq fotosurati namoyish etilmoqda. Ular orasida jamoatchilik e’tiboriga ilk bor havola etilayotgan 40 dan ziyod kadrlar ham bor.
Ko‘rgazma ochilishida «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov namoyishga qo‘yilgan fotosuratlar o‘zbek ayollarining tarixan ilm-fan bilan shug‘ullanganini ko‘rsatib berishini ta’kidladi. «Ijtimoiy tarmoqlaru ma’lum qatlamlar orasida xotin-qizlarni o‘qitish shart emas degan noto‘g‘ri fikrlar yuradi. Tarixga nazar tashasak, ayollarimiz ilm-fanda erkaklardan kam bo‘lmaganini ko‘ramiz. Ushbu fotosuratlar buni isbotlab beradi», — dedi Yusupov.
Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi mutaxassisi Saida Sherboyeva fotosuratlar qanday me’zonlar asosida va qancha muddatda saralab olinganini ma’lum qildi.
Saida Sherboyeva. Foto: Madina A’zam / «Gazeta.uz»
«Ko‘rgazmada ayollar ta’limi mavzusini nafaqat shaxslar, balki turli davrlardagi kitoblar va texnikalar uyg‘unligida ochib berishga harakat qildik. Qolaversa, madaniyat, tibbiyot, qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lgan jamlanmalarni qo‘shgan holda ayollarning hayot tarzi, rivojlanishini ham qisman ko‘rsatdik. Xotin-qizlarning kayfiyati, liboslari ham e’tibordan chetda qolmadi. Ko‘rgazma ustida shu yilning yanvaridan ishlashni boshladik. Suratlar dastlab katalogdan saralandi, keyin elektron variantlari yaratilib, nusxalandi», — deb ma’lumot berdi mutaxassis.
Fotoko‘rgazma 11 martga qadar davom etadi. «Gazeta.uz» namoyishga qo‘yilgan suratlarning bir qismini mushtariylar e’tiboriga taqdim etadi.
Savodsizlikni tugatish kursida tahsil olyotgan xotin-qizlar. Buxoro shahri, 1928 yil.
![O‘zbek xotin-qizlari 8 mart bayramini nishonlash chog‘ida. Toshkent shahri, 1930 yil.]()
O‘zbek xotin-qizlari 8 mart bayramini nishonlash chog‘ida. Toshkent shahri, 1930 yil.
![Ayollar klubi a’zolari. Toshkent shahri, 1933 yil.]()
Ayollar klubi a’zolari. Toshkent shahri, 1933 yil.
![Markaziy ayollar klubida umumta’lim maktabi darslari. Uljayeva Taraxon 6-«B» sinf o‘quvchisi, uy bekalariga kitob o‘qimoqda. Toshkent shahri, 1936 yil.]()
Markaziy ayollar klubida umumta’lim maktabi darslari. Uljayeva Taraxon 6-«B» sinf o‘quvchisi, uy bekalariga kitob o‘qimoqda. Toshkent shahri, 1936 yil.
![Savodsizlikni tugatish kursi darsida. Samarqand shahri, 1937 yil.]()
Savodsizlikni tugatish kursi darsida. Samarqand shahri, 1937 yil.
![Xalq artistlari Tamaraxonim (o‘ngda) va Mukarrama Turg‘unboyeva paxta terimida. Toshkent viloyati, 1938 yil.]()
Xalq artistlari Tamaraxonim (o‘ngda) va Mukarrama Turg‘unboyeva paxta terimida. Toshkent viloyati, 1938 yil.
![Toshkent viloyati Orjonikidze rayoni Stalin nomidagi kolxoz yaxudiylar maktabi o‘qituvchisi, Sh.Qayumova kitob o‘qimoqda. Toshkent viloyati, 1938 yil.]()
Toshkent viloyati Orjonikidze rayoni Stalin nomidagi kolxoz yaxudiylar maktabi o‘qituvchisi, Sh.Qayumova kitob o‘qimoqda. Toshkent viloyati, 1938 yil.
![Savodsizlikni tugatish kursida tahsil olayotgan xotin-qizlar. Toshkent shahri, 1938 yil.]()
Savodsizlikni tugatish kursida tahsil olayotgan xotin-qizlar. Toshkent shahri, 1938 yil.
![O‘rta Osiyo davlat universitetida. Toshkent shahri, 1938 yil.]()
O‘rta Osiyo davlat universitetida. Toshkent shahri, 1938 yil.
![O‘rta Osiyo davlat universitetida. Toshkent shahri, 1938 yil.]()
O‘rta Osiyo davlat universitetida. Toshkent shahri, 1938 yil.
![K.E.Voroshilov nomidagi Toshkent Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi savodsizlikni tugatish kursi o‘qituvchisi Nazira Ramazonova tinglovchilarga o‘qishni o‘rgatmoqda. Toshkent shahri, 1938 yil.]()
K.E.Voroshilov nomidagi Toshkent Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodi savodsizlikni tugatish kursi o‘qituvchisi Nazira Ramazonova tinglovchilarga o‘qishni o‘rgatmoqda. Toshkent shahri, 1938 yil.
![Kuybishev nomidagi o‘rta maktabda dars jarayoni. Buxoro, 1939 yil.]()
Kuybishev nomidagi o‘rta maktabda dars jarayoni. Buxoro, 1939 yil.
![Toshkent shahar, oktabr tumani ayollar klubi: savodsizlikni tugatish bo‘yicha darslar. Toshkent shahri, 1939 yil.]()
Toshkent shahar, oktabr tumani ayollar klubi: savodsizlikni tugatish bo‘yicha darslar. Toshkent shahri, 1939 yil.
![O‘rta maktab o‘qituvchisi Garseva o‘quvchilarga dars o‘tish chog‘ida. To‘rtko‘l shahri, 1940 yil.]()
O‘rta maktab o‘qituvchisi Garseva o‘quvchilarga dars o‘tish chog‘ida. To‘rtko‘l shahri, 1940 yil.
![Xalq artisti Tamaraxonim xotin-qizlar davrasida. Toshkent shahri, 1940 yil.]()
Xalq artisti Tamaraxonim xotin-qizlar davrasida. Toshkent shahri, 1940 yil.
![32-son o‘rta maktab o‘quvchilari. Namangan shahri, 1945 yil.]()
32-son o‘rta maktab o‘quvchilari. Namangan shahri, 1945 yil.
![Qoraqalpog‘iston pedagogika instituti o‘qituvchisi Rahima Koloboyeva talabalarga o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha ma’ruza o‘qimoqda. Nukus shahri, 1946 yil.]()
Qoraqalpog‘iston pedagogika instituti o‘qituvchisi Rahima Koloboyeva talabalarga o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha ma’ruza o‘qimoqda. Nukus shahri, 1946 yil.
![Toshkent shahridagi 30-son maktabning 9-sinf o‘quvchilari (chapdan o‘ngga) I.Ainepova, A.Abramova, E.Mesrovichlar imtixonga tayorlanmoqda. Toshkent shahri, 1946 yil.]()
Toshkent shahridagi 30-son maktabning 9-sinf o‘quvchilari (chapdan o‘ngga) I.Ainepova, A.Abramova, E.Mesrovichlar imtixonga tayorlanmoqda. Toshkent shahri, 1946 yil.
![Kuybishev nomidagi ayollar maktabi 4-sinf o‘qituvchisi Xabiya Sotiboldiyeva tabiatshunoslik darsida. Buxoro shahri, 1946 yil.]()
Kuybishev nomidagi ayollar maktabi 4-sinf o‘qituvchisi Xabiya Sotiboldiyeva tabiatshunoslik darsida. Buxoro shahri, 1946 yil.
![Toshkent shahri 84-maktab. 1946 yil.]()
Toshkent shahri 84-maktab. 1946 yil.
![Andijon shahar 30-sonli xotin-qizlar umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari fizika xonasida. 1947 yil.]()
Andijon shahar 30-sonli xotin-qizlar umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari fizika xonasida. 1947 yil.
![Gorkiy nomidagi o‘rta maktab o‘qituvchisi Maxfuza Miradjanova ona tili darsida. Buxoro shahri, 1947 yil.]()
Gorkiy nomidagi o‘rta maktab o‘qituvchisi Maxfuza Miradjanova ona tili darsida. Buxoro shahri, 1947 yil.
![Toshkent shahar 163-son maktab 2-sinf o‘qituvchisi Muhabbat G‘afurova ona tili darsida. 1948 yil.]()
Toshkent shahar 163-son maktab 2-sinf o‘qituvchisi Muhabbat G‘afurova ona tili darsida. 1948 yil.
![Toshkent astronomik observatoriyasida Professor Sheglov V.P aspirantga dars o‘tish jarayonida. 1948 yil.]()
Toshkent astronomik observatoriyasida Professor Sheglov V.P aspirantga dars o‘tish jarayonida. 1948 yil.
![Andijondagi 5-son maktab a’lochi o‘quvchilari geografiya darsida. 1948 yil.]()
Andijondagi 5-son maktab a’lochi o‘quvchilari geografiya darsida. 1948 yil.
![22-son maktab o‘qituvchisi Zulfiya Abdullayeva o‘quvchilarni sinf xonasi bilan tanishtirmoqda. Samarqand shahri, 1949 yil.]()
22-son maktab o‘qituvchisi Zulfiya Abdullayeva o‘quvchilarni sinf xonasi bilan tanishtirmoqda. Samarqand shahri, 1949 yil.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
![Yangiyo‘l tumani «Sharq yulduzi» kolxozining 7-sinf o‘quvchilari geografiya darsida. Toshkent viloyati, 1950 yil.]()
Yangiyo‘l tumani «Sharq yulduzi» kolxozining 7-sinf o‘quvchilari geografiya darsida. Toshkent viloyati, 1950 yil.
![Tibbiyot fanlari doktori Zulfiya Umidova ToshMI talabalariga dars o‘tmoqda. Toshkent shahri, 1953 yil.]()
Tibbiyot fanlari doktori Zulfiya Umidova ToshMI talabalariga dars o‘tmoqda. Toshkent shahri, 1953 yil.
![Toshkent shahri 2-son maktab o‘qituvchisi, deputat Mukarram Qodirova dars o‘tish chog‘ida. 1953 yil.]()
Toshkent shahri 2-son maktab o‘qituvchisi, deputat Mukarram Qodirova dars o‘tish chog‘ida. 1953 yil.
![Shoira Zulfiya ish ustida. Toshkent viloyati, 1954 yil.]()
Shoira Zulfiya ish ustida. Toshkent viloyati, 1954 yil.
![Toshkent davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi N.R.Raximova talaba qizlar M.Yunusova, I.Xayitqulova, X.Baltayevlarga jismoniy tarbiya darsini o‘tmoqda. Toshkent shahri, 1955 yil.]()
Toshkent davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi N.R.Raximova talaba qizlar M.Yunusova, I.Xayitqulova, X.Baltayevlarga jismoniy tarbiya darsini o‘tmoqda. Toshkent shahri, 1955 yil.
![O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Ganiya Karimova Toshkent shahridagi 28-maktabning sobiq o‘quvchilari davrasida. 1957 yil.]()
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Ganiya Karimova Toshkent shahridagi 28-maktabning sobiq o‘quvchilari davrasida. 1957 yil.
![Kolxozning mohir pillachi qizlari Xonum Babayeva va Toktash Gulayeva xirmonda. Surxondaryo viloyati, 1961 yil.]()
Kolxozning mohir pillachi qizlari Xonum Babayeva va Toktash Gulayeva xirmonda. Surxondaryo viloyati, 1961 yil.
![Professor M.Abdullaxo‘jayeva ToshMI talabalariga patanatomiya darsidan ma’ruza o‘qimoqda. 1973 yil.]()
Professor M.Abdullaxo‘jayeva ToshMI talabalariga patanatomiya darsidan ma’ruza o‘qimoqda. 1973 yil.
![Toshkent shahridagi 107-son maktab o‘qituvchisi Muyassar Shomirzayeva lingafon xonasida o‘quvchilarga dars o‘tmoqda. 1989 yil.]()
Toshkent shahridagi 107-son maktab o‘qituvchisi Muyassar Shomirzayeva lingafon xonasida o‘quvchilarga dars o‘tmoqda. 1989 yil.
![Toshkent shahridagi 92-son maktabning hind tili o‘qituvchisi D.Yusupova 9-sinf o‘quvchisi Mavlonovaning uy vazifasini tinglamoqda. 1992 yil.]()
Toshkent shahridagi 92-son maktabning hind tili o‘qituvchisi D.Yusupova 9-sinf o‘quvchisi Mavlonovaning uy vazifasini tinglamoqda. 1992 yil.
![4-son bolalar uyi badiiy to‘garak rahbari A.Cherepanova (o‘ngda) to‘garak a’zolari bilan navbatdagi mashg‘ulotda.]()
4-son bolalar uyi badiiy to‘garak rahbari A.Cherepanova (o‘ngda) to‘garak a’zolari bilan navbatdagi mashg‘ulotda.
![Yozuvchi Abdulla Qahhor yosh yozuvchi ayollar bilan.]()
Yozuvchi Abdulla Qahhor yosh yozuvchi ayollar bilan.