Luvrda tashkil etilgan «O‘zbekiston vohalari mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» ko‘rgazmasi 6 mart kuni ishini yakunladi. Bu haqda uni tashkil etgan O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosiga bag‘ishlangan loyiha ochilganidan buyon 260 mingdan ortiq kishi u yerga tashrif buyurdi.

«Bu uzoq kutilgan va mehnat talab qiladigan loyiha edi. Ko‘rgazmaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 4 yil kerak bo‘ldi. Parijning mashhur muzeyida namoyishni uyushtirish uchun 70 dan ortiq nodir kulolchilik, yog‘och, metall, devoriy san’at va qog‘oz buyumlari qayta tiklandi. Unda O‘zbekiston muzeylaridan jami 138 ta eksponat taqdim etildi. Mintaqaning boy madaniy merosi ilk bor dunyodagi eng yirik muzeylardan birida namoyish etilib, Buyuk Ipak yo‘li tarixini xalqaro jamoatchilikka ko‘rsatib berdi», — deyiladi jamg‘arma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazma 2022 yilning 23 noyabr kuni ochilgan edi. Uning ishini O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari — Shavkat Mirziyoyev hamda Emmanuel Makron boshlab bergan.

Foto

лuвр, маdanият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi