Jamiyat

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li ochganlarga sud hukmi o‘qildi
3 may 2023, 12:37

O‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasidan o‘tuvchi yashirin yerosti yo‘li ochganlarga sud hukmi o‘qildi

O‘zbek-qirg‘iz chegarasida maxfiy yo‘l ochgan farg‘onalik shaxs va yana 5 kishiga sud hukmi o‘qildi. Yo‘l orqali Qirg‘izistonda noqonuniy tovarlar, O‘zbekistondan esa xorijiy valyutalar o‘tkazib turilgan. Sud hukmi bilan 3 nafar ayblanuvchi 6−7 yilga qamaldi, yana 3 nafariga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi
3 may 2023, 11:59

Toshkentda o‘zi va yosh bolasini kanalga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga 1,5 yoshli bolasi bilan o‘zini tashlagan ayolni PPX xodimlari qutqarib qoldi. Ushbu harakatga “og‘ir hayotiy vaziyat” sabab bo‘lgan. 20 yoshli ayol ishidan afsusdaligi va ularni qutqarganlardan minnatdor ekanini aytdi. Bola vaqtincha mehribonlik uyiga topshirildi.

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin
3 may 2023, 11:58

Daraxt va butalarga shikast yetkazgan va bunga yo‘l qo‘yganlar ham javobgarlikka tortilishi mumkin

Senat endilikda daraxtlar va butalarni shikastlantirganlar va bu borada loyihalar tayyorlaganlarni ham javobgarlikka tortish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi
3 may 2023, 10:53

Inkuzart Orol dengizining qurigan qismiga tinchlik ramzini chizdi

Rassom Inkuzart Orol dengizining qurigan qismida diametri 100 m bo‘lgan tinchlik ramzini chizib, o‘sha yerga ming tupdan ortiq saksovul ko‘chatlarini o‘tqazdi. “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida u buning uchun hech kimdan moddiy yordam so‘ramagani va loyiha uchun avvaldan pul yig‘ib yurganini aytdi.

Jizzaxda soxta Green Card tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs 9 yilga qamaldi
3 may 2023, 10:35

Jizzaxda soxta Green Card tayyorlash bilan shug‘ullangan shaxs 9 yilga qamaldi

Jizzax viloyatida 3 nafar shaxs soxta Green Card hujjatlarini tayyorlab, 103 kishining 2 mlrd 597 mln so‘mini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgani aniqlandi. Ularning biri 9 yilga qamaldi, 2 nafariga qidiruv e’lon qilindi.

Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi
3 may 2023, 10:27

Qashqadaryoda “Jiguli” haydovchisi bilan birga yonib ketdi

Qarshi tumanida “Jiguli” yonib ketdi. Haydovchi o‘rindig‘ida 22 yoshli yigitning jasadi borligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, marhumning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha ekspertizalar tayinlandi.

Toshkentda 3-may kuni kuchli ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi mumkin
3 may 2023, 10:04

Toshkentda 3-may kuni kuchli ultrabinafsha nurlanish kuzatilishi mumkin

3-may kuni Toshkent shahrida quyoshning ultrabinafsha nurlanish indeksi 12 balli shkalada 10 ball bo‘lishi kutilmoqda. Nurlanish qoq tush payti maksimal darajaga yaqinlashadi. SSV soat 11:00 dan 16:00 gacha quyosh nurlari ostida uzoq vaqt yurmaslik va boshqa tavsiyalarni berdi.

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi
3 may 2023, 09:26

AQSh elchisi “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabrikladi

AQSh elchisi Jonatan Henik “Mushtum” jurnalini 100 yillik yubileyi bilan tabriklash maqsadida jurnal tahririyatida bo‘ldi. U “Mushtum”ning muxlisi ekanini va elchixona jurnalga obuna bo‘lganini aytgan. “Elchining tashrifidan boshimiz osmonga yetdi”, — dedi jurnal bosh muharriri Nosirjon Toshmatov.

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi
2 may 2023, 23:56

Farg‘onada o‘qituvchini kaltaklagan ayol 6 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi

Toshloq tumanida qiziga ota-onasi bilan maktabga kelishini talab qilgani uchun sinfxonada pedagogni haqoratlab, kaltaklagan ayolga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Ayol qilmishi uchun uzr so‘ramagan va endilikda 6 mln so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi
2 may 2023, 23:08

“Surxon” qo‘riqxonasidan noyob Buxoro tog‘ qo‘yini olib ketishga uringan brakonerlar ushlandi

“Surxon” davlat qo‘riqxonasidan Buxoro tog‘ qo‘yining bolasini noqonuniy olib ketishga uringan ikki erkak ushlandi. Tezkor reyd tadbiri davomida qo‘lga olingan huquqbuzarlar Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida istiqomat qilishi aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ombudsman tadbirkorlar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi
2 may 2023, 22:01

Ombudsman tadbirkorlar qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi

Ombudsman idorasi tadbirkorlar Dilshod To‘raxo‘jayev va Xasanboy Abdunabiyevning qiynoqqa solingani haqidagi xabarlarni alohida nazoratga oldi. “O‘zbekiston inson qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo‘lgan qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurash yo‘lini tanlagan”, — deyiladi bayonotda.

2-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
2 may 2023, 22:00

2-may kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Buxoroda 4 kishi tomonidan zo‘rlangani aytilgan 13 yoshli qiz, O‘zbekistonda referendum yuqori darajada o‘tganini qayd etgan MDH missiyasi, 42 nafar nepallikni $124,5 mingga aldab ketgan buxoroliklar, Toshkentga kelgan yangi avtobuslar atrofidagi muammolar va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.

Toshkent ko‘chalari “garmoshka” avtobuslarning harakatiga mos keladi — Transport boshqarmasi boshlig‘i
2 may 2023, 21:03

Toshkent ko‘chalari “garmoshka” avtobuslarning harakatiga mos keladi — Transport boshqarmasi boshlig‘i

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevning aytishicha, ikkita “garmoshka” avtobus daraxt shoxlariga urilgan ko‘chada yo‘l tasmalari chaproqqa surib qaytadan chiziladi. Shuningdek, u poytaxt ko‘chalarining parametrlari ushbu avtobuslarning o‘lchamlariga to‘liq mos kelishiga ishontirdi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 mln so‘mdan mukofot puli beriladi
2 may 2023, 19:49

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 18 mln so‘mdan mukofot puli beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln so‘m miqdorida bir martalik pul mukofot beriladi.

“Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayoni qanday kechdi?
2 may 2023, 18:56 3

“Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish jarayoni qanday kechdi?

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Pedagog xodimning maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Taklif etilgan qonun loyihasida dastlabki taqdim etilgan loyihadagi bir qancha imtiyozlar yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Ayrim deputatlar loyiha haqida e’tirozlarini bildirdi.

“Toshshahartransxizmat” elektrobuslar ish jadvalidan kechikayotganiga izoh berdi
2 may 2023, 18:54

“Toshshahartransxizmat” elektrobuslar ish jadvalidan kechikayotganiga izoh berdi

“Toshshahartransxizmat” rahbari Anvar Jo‘rayev “Gazeta.uz”ga ayrim elektrobuslar jadvaldan kech qolgani sababini tushuntirdi qildi. Uning aytishicha, bunga avtobus parki mas’ul xodimining elektrobuslar jadvalini eng qizg‘in vaqtida ishni noto‘g‘ri taqsimlagani sabab bo‘lgan.

Namanganda reklama banneri 26 yoshli erkak ustiga quladi
2 may 2023, 18:13

Namanganda reklama banneri 26 yoshli erkak ustiga quladi

Namangan shahrida fundamentidan o‘pirilgan reklama banneri mashina va bir erkak ustiga quladi. Bosh prokuratura fuqaro shifoxonaga olib ketilgani va holat bo‘yicha tekshirish olib borilayotganini ma’lum qildi.

Toshkent viloyatida fuqarolar 48 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 531 mln so‘m zarar yetkazdi
2 may 2023, 18:05

Toshkent viloyatida fuqarolar 48 kg baliqni noqonuniy ovlab, tabiatga 531 mln so‘m zarar yetkazdi

Ohangaron tumanida 3 fuqaro elektr qarmoq yordamida 48 kg baliqni noqonuniy ovladi. Bu orqali tabiatga 531 mln so‘m zarar yetkazildi. Vazirlar Mahkamasi shu kunlarda baliq ovlashni tartibga soluvchi, jumladan, brakonerlikka qarshi kurashishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ko‘rib chiqmoqda.

11-noyabrni ishlanmaydigan bayram kuni etib belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda
2 may 2023, 16:22

11-noyabrni ishlanmaydigan bayram kuni etib belgilash haqidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda

Mehnat kodeksiga ishlanmaydigan bayram kunlari qatoriga 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini ham qo‘shish taklif etilmoqda. Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyada muhokama qilindi.

Buxoroda 13 yoshli qiz yangasi majburlovi bilan bir necha bor zo‘rlab kelingani aytilmoqda
2 may 2023, 15:58

Buxoroda 13 yoshli qiz yangasi majburlovi bilan bir necha bor zo‘rlab kelingani aytilmoqda

Qorako‘l tumanida akasi vasiyligida qolgan qiz yangasining majburlovi bilan zo‘rlangani aytilmoqda. Hozirda Buxoro viloyati IIB tomonidan JKning 14 yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish moddasi bo‘yicha 4 kishi qamoqqa olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting