Toshkentda ko‘plab graffitilari bilan tanilgan rassom Inkuzart o‘zining yana bir asarini taqdim etdi. Ushbu asar avvalgilaridan ko‘lami va Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahri yaqinidagi Orol dengizining qurigan tubida yaratilgani bilan farq qiladi.

inkuzart, орол денгизи

Loyiha uchun greyderlar yordamida diametri 100 m bo‘lgan qumga tinchlik ramzi (hayot, qayta tug‘ilish, himoya, yordam va umid belgisi) “chizilgan”, shundan so‘ng uning qatori ichiga jami 1000 dan ortiq saksovul ko‘chatlari ekilgan.

inkuzart, орол денгизи

Inkuzart o‘zining “Tinchlik bo‘lsin” asariga imzo chekib, uning joylashuvi koordinatalarini ko‘rsatgan: 43°47'23”N 59°02'31”E.

inkuzart, орол денгизи

Ijodkor “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida o‘zining yangi loyihasi bilan nima demoqchi ekanini aytib o‘tdi: “Orol dengiziga tinchlik va madad yor bo‘lsin. Bu bir paytlar bizga kerak bo‘lgan bo‘lsa, endi Orol dengiziga kerak”.

Rassom bunda hech kimdan moddiy yordam so‘ramaganini, faqat Tabiat resurslari vazirligidan ruxsat olganini aytdi. “Men buni amalga oshirish uchun pul yig‘ib kelayotgandim”, — dedi u.

inkuzart, орол денгизи

Shuningdek, u Mo‘ynoqdagi kema qabristoni yoniga lavha o‘rnatib, unga saksovul Mo‘ynoqni qutqaradi, degan jumlani yozib qoldirgan. She’r muallifi — uning do‘sti.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda “Gazeta.uz” “Toshkent Benksi” deb nomlangan rassom (uning ismi Abdurahmon) bilan katta intervyu e’lon qilgandi.